So’nggi yangiliklar

23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  0 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 23:03"Нант" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  13 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:32"Истанбул Башакшехир" — "Кайсериспор". Таркиблар маълум  6 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  32 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  70

"Paxtakor" va "Nasaf" OCHL guruh bosqichida qancha mablag' ishlab oldi? Yangiliklar

"Paxtakor" va "Nasaf" OCHL guruh bosqichida qancha mablag' ishlab oldi?

Teglar :  Nasaf Paxtakor
O'zbek klublarining joriy mavsum OCHL guruh bosqichidagi ishtiroki yakuniga etdi.

"Paxtakor" 6 ochko bilan kvartetda so'nggi o'rinni egallagan bo'lsa, "Nasaf" 9 ochko jamg'argan holda keyingi bosqichga yo'llanma oldi. OFK har mavsum odatiga ko'ra ishtirokchi jamoalarning natijalariga qarab pul mablag'lari bilan taminlaydi. 

OCHL reglamentining 2021 yildagi holatiga ko'ra ishtirokchi jamoalarni pul mablag'lari bilan mukofotlash quyidagicha ko'rinish olgan. 


BosqichMablag'
(AQSH dollari)
Safar xarajatlari
(Har bir o'yin uchun AQSH dollarida)
O'tish o'yiniYo'q30 000 
Pley-offYo'q30 000
Guruh bosqichiG'alaba: 50 000
Durang: 10 000
45 000
Pley-off100 00045 000
CHorak final150 00045 000
Yarim final250 00045 000
FinalCHempion: 4 000 000
Ikkinchi o'rin: 2 000 000
90 000


SHunda "Paxtakor" guruh bosqichida qozongan 2ta g'alabasiga jami 100 000 dollar ishlab olganini ko'rishimiz mumkin. Reglamentda aytib o'tilganidek safar xarajatlari uchun 45 000 dollar mablag' ajratgan.

Natijalarni yana bir bor eslatib o'tamiz

"Paxtakor" - "Sepaxon" 1:3

"Al Taavon" - "Paxtakor" 0:1

"Al Duhail" - "Paxtakor" 3:2

"Paxtakor" - "Al Duhail" 0:3

"Sepaxon" - "Paxtakor" 2:1

"Paxtakor" - "Al Taavon" 5:4



"Nasaf" esa guruhda 2ta g'alaba, 3ta durang, 1ta mag'lubiyat natija bilan yurtimizga qaytdi. Barchasini qo'shganda 130 000+45 000 (safar xarajatlari) dollar mablag'ga ega bo'ldi. Natijalar bilan yana bir bor tanishtirib o'tamiz. 


"Al Sadd" - "Nasaf" 1:1

"Nasaf" - "Al Vihdat" 2:0

"Nasaf" - "Al Faysali" 0:1

"Al Faysali" - "Nasaf" 0:0

"Nasaf" - "Al Sadd" 3:1

"Al Vihdat" - "Nasaf" 2:2



Yana bir malumot klublarning mehmonxonada istiqomat qilishi bilan bog'liq sarflarini OFK to'ladi. SHuningdek, klub hisobiga yana 100 000 dollar kelib tushadi, lekin bu pullar keyingi yilda taqdim qilinadi. 

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика