So’nggi yangiliklar

12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4

"Paxtakor" va "Lokomotiv" durang o'ynashdi Yangiliklar

"Paxtakor" va "Lokomotiv" durang o'ynashdi

Oliy liganing 7-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.

PAXTAKOR (Toshkent) – LOKOMOTIV  (Toshkent) 2:2
Hakamlar
:
V. Kovalenko (Toshkent), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), V. Agishev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar:
Ivan Nagaev, 11 - 0:1. Aleksandr Merzlyakov, 28 - 1:1.Jasur Hasanov, 75 - 1:2. Egor Krimec, 90 - 2:2.
"Paxtakor"
:
Aleksandr Lobanov, Aleksandr Merzlyakov, Egor Krimec, Boyan Miladinovich, Davron Hoshimov, Kaxi Maxaradze (S), Kamoliddin Tojiev, Vladimir Kozak (Anvar Soliev, 80), Stanislav Andreev (SHerzod Karimov, 65), Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev

Zaxira
:
Akmal Tursunboev, Akbar Ismatullaev, Temur Hakimov, Jamshid Boltaboev, Jaloliddin Masharipov

"Lokomotiv":
Ignatiy Nesterov, Salim Mustafoev, Bobur Yo'ldoshev, Islom To'xtaxo'jaev, Viktor Karpenko (Andrey Kojokar, 82), Lutfulla To'raev, Fozil Musaev (Dilshod Jabborov, 26), Jasur Hasanov (katta), Jasur Hasanov (kichik) (Ibrohim Rahimov, 67), Farhod Tojiev, Ivan Nagaev

Zaxira:
Temur Jo'raev, Akmal Xolmatov, Sardor Rahmonov, Vyacheslav SHevchenko


                               MATNLI TRANSLYACIYA
                                         
YANGILASH


90+4.
Uchrashuv yakunlandi. Toshkent derbisida jangovor durang qayd etildi - 2:2.

90. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Jamshid Iskanderovning nozik harakatidan so'ng to'p Krimecga bordi, Egorning kuchli zarbasi rekoshet orqali darvozaga kirib ketdi - 2:2.

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Egor Krimec 2:2!

87. Ogohlantirish. "Paxtakor".
Kamoliddin Tojiev.

85. Xavfli vaziyat! Kamoliddin Tojiev boshi bilan darvozaga zarba berdi, noaniq.

82. O'zgarish. "Lokomotiv".
Viktor Karpenko o'rniga Andrey Kojokar tushdi

80. O'zgarish. "Paxtakor".
Vladimir Kozak o'rniga Anvar Soliev tushdi.

76. Belgilangan jarima to'pini Jasur Hasanov amalga oshirdi, to'p hech kimga tegmay darvozadan o'rin oldi - 1:2.

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Jasur Hasanov 1:2.

74.
Miladinovich ikki daqiqa ichida ikki marta Farhodga nisbatan qo'pol o'ynadi.

73.
Dilshod Jabborov chamasi 30 metrlardan belgilangan jarima to'pini amalga oshirdi, Lobanov to'pni qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

71.
Ivan Nagaev zarba berdi, to'pni Lobanov qaytardi. Biroq Vanya oldinroq o'yindan tashqari holatga tushib qolgandi.

69.
Kozak chap qanotdan oldinga borib to'pni jarima maydoniga oshirdi, Sergeevni oldida turgan Bobur Yo'ldoshev to'pni qaytarib yubordi.

67.
Farhod Tojiev! Raqib jarima maydoni ichida himoyachilarni aldab zarba berdi, Lobanov to'pni qaytardi.

67. O'zgarish. "Lokomotiv".
Jasur Hasanov (kichik) o'rniga Ibrohim Rahimov tushdi

66.
Kichik Hasanov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.

65. O'zgarish. "Paxtakor".
Stanislav Andreev o'rniga SHerzod Karimov tushdi.

63.
"Lokomotiv" ketma-ket ikki bor burchak to'pini amalga oshirdi, samarasiz.

62.
Qiziqarli holat. Kamoliddin o'z ukasi Farhodni yiqitdi. Ha bu futbol hech kim mag'lub bo'lishni istamaydi.

59. Xavfli vaziyat!
Andreevning zarbasi Bobur Yo'ldoshevga tegib darvoza tomon yo'naldi, biroz noaniq. Burchak to'pidan so'ng Maxaradze boshi bilan noaniq zarba berdi.

56. Ogohlantirish. "Paxtakor".
Davron Hoshimov

55.
Burchak to'pidan so'ng Krimec boshi bilan zarba berdi, noaniq.

51. UXXXX! Katta Jasur Hasanov jarima to'pini amalga oshirdi, Jabborov to'pni boshi bilan darvozaga to'g'riladi, uzoq ustun yonida Bobur Yo'ldoshev boshi bilan to'pga zarba bera olmadi.

49. Xavfli vaziyat!
Nagaev yaqin masofadan darvozani ishg'ol qilishga urindi, noaniq.

48.
Ivan Nagaev chaqqon harakatlari evaziga hujum tashkil qildi. Kichik Jasur Hasanovning jarima maydoniga uzatgan to'pi Lobanovga nasib etdi.

46.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi 1:1. Tanaffus.


45+1. Nagaev o'ng qanotdan tezkor harakatlar bilan jarima maydoni ichiga kirib bordi va markazga oshirdi. Bu erda sheriklari yo'q edi.

45.
Andreev Farhod Tojievga nisbatan qo'pol o'ynadi, barchasi joyida Farhodga hech nima bo'lmadi. O'yin davom etadi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45.
"Loko" yana burchak to'pini amalga oshiradi. Samarasiz.

44.
Farhod Tojiev jarima maydoni ichida to'pni davozaga yo'llashga urindi, u to'pni o'rniga Merzlyakovni tepib yubordi.

40.
"Temiryo'lchilar"ning hujumi noaniq to'p uzatilishi tufayli uzilib qoldi. Navbat mezbonlarga. Samvel Babayan maydon chetida turib olib o'yinni kuzatmoqda.

39.
Bugun stadionga juda ko'plab tomoshabinlar kelishgan. Toshkentdagi o'yinlarda bunday holat ancha oldin kuzatilgandi.

38.
"Lokomotiv"ning hujumi. Dastlab Farhod Tojiev to'pga ulgurmadi. So'ngra Nagaevning zarbasi yo'liga Merzlyakov to'g'anoq bo'ldi.

35. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Dilshod Jabborov

34. Xavfli vaziyat! Iskanderov jarima maydoni ichiga kirib bordi va uni sherigiga oshirdi. Andreevning kuchli zarbasidan so'ng to'pni Nesterov egallab oldi.

30. "Loko" burchak to'piga ega bo'ldi. Lobanov to'pni egallab oldi.

28. Mezbonlar burchak to'pini amalga oshirishdi. Nesterov to'pni qaytarib yubordi. Qaytgan to'pni Merzlyakov darvozaga joylab qo'ydi - 1:1.

28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Aleksandr Merzlyakov 1:1.

26. O'zgarish. "Lokomotiv". Fozil Musaev o'rniga Dilshod Jabborov tushdi

24. Andreev!!! Xavfli vaziyat! Sergeevning pasidan sshhng Stas 16 metrlardan darvozaga zarba berdi. Nesterov o'z o'rnida.

20. Goldan so'ng ustunlik maydon egalarida, ammo hozircha hujumlar samara keltirmayapti.

15. "Paxtakor"ning hujumi samarasiz tugadi. 

11. Jasur Hasanov chap qanotdan oldinga o'tdi, Davron Hoshimov to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi. To'p jarima maydoni markazida turgan Ivan Nagaevga bordi. Hujumchi to'pni ko'kragi bilan o'ziga to'g'rilab oldi va kuchli zarba bilan hisobni ochdi - 0:1.
 
11. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Ivan Nagaev 0:1.


7`
"Lokomotiv" hujum uyushtirmoqchi bo'ldi. Ammo "sherlar" himoyachilari ularni bu rejalarini amalsha oshirishlariga yo'l qo'yishmiadi.

6`
Uchrashuv debyutida "Paxtakor" faolroq va aniqroq harakat qilmoqda. "Lokomotiv" hozircha o'z o'yinini ko'rsata olmayapti.

5`
"Lokomotiv" futbolchilari raqibdan to'pni olib qo'yishdi va o'yin tempini biroz tushirishga harakat qilishmoqda.

3` "Paxtakor" uchrashuvni tezkor hujumi bilan boshladi. Jamshid Iskanderovning faolligi "sherlar"ni hujumini rivojalantirgan edi. Lekin yakunda "Loko" himoyachilari xavfni bartaraf etishdi.

1` Uchrashuv boshlandi!

Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda...

"Paxtakor" ushbu mavsumda hozircha yo'qotishlarsiz kelmoqda. "Lokomotiv" jamoasi ularni to'xtatib qo'ya olishadimi? Bu savolga birozdan keyin javob olamiz!

Yana bir necha daqiqlardan so'ng Samvel Babayan va Vadim Abramov qarama-qarshiligi ostida kechadigan "Toshkent derbisi" boshlanadi! Ushbu bellashuv ko'pchilikka katta qiziqish uyg'otmoqda.

Bugungi uchrashuvda Samvel Babayan va Vadim Abramov deyarli avvalgi o'yinlarda tushirilgan tarkib va o'sha uslub bilan o'ynashni maqul ko'rishgan. Vadim Abramov bugun ikkita hujumchi bilan harakatlanadi. Samvel Babayan esa hujumda birgina Igor Sergeev qo'yishni afzal ko'rgan.

Muxlislar stadionga kelishni boshlab yuborishgan.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" va "Lokomotiv" futbolchilari o'yin oldi chigal-yozdi mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi.

Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari! Bugun Oliy liga 7-turning markaziy bahsi "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Ushbu bellashuvdan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini amalga oshiramiz. O'yin sharhini SHahboz Beg'amov yozib boradi.

- O'yin soat 18:30da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика