"Paxtakor" va jahon chempionlari o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi
09 iyu 2018 11:03
Yangiliklar
"Paxtakor" va jahon chempionlari o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi
O'yinda "Paxtakor" safida klub Prezidenti Bobur SHodiev, bosh murabbiy SHota Arveladze, murabbiy Jasur Abduraimov va sport direktori Jafar Irismetov, shuningdek, "Paxtakor"ning sobiq futbolchilari, hozirgi tarkibdan Aleksandr Lobanov, Marko Simich a Ismoil Gonsalvesh Moskvada bo'lib o'tgan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi jahon chempionati g'oliblariga qarshi maydonga tushishdi. Do'stona ruhda o'tgan bellashuv 12:9 hisobida "Paxtakor" g'alabasi bilan yakunlandi. Jahon chempionlari maydonda "Paxtakor"ning sobiq va hozirgi yulduzlari bilan raqib bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritishdi. Bu kabi o'rtoqlik o'yinlari yosh o'sib kelayotgan avlodda yanada ko'proq mehnat qilish va yurtimiz futboli taraqqiyotiga hissa qo'shishni shakllantirishda asqotadi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"
Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди
Fikrlar