So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  29 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  8 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  4 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  105 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

"Paxtakor" uchun "Al Garafa" qanday raqib? Yangiliklar

"Paxtakor" uchun "Al Garafa" qanday raqib?

Bugun Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2018 yilgi OCHL guruh bosqichiga qura tashlandi.

Unga ko'ra, OCHLda qatanashadigan uchta klubimiz qaysi guruhlardan o'rin olishlari malum bo'ldi.

OCHLdagi ishtirokini guruh bosqichidan boshlaydigan "Lokomotiv" jamoasi "B" guruhidan o'rin oldi.

OCHL-2018. "Lokomotiv" guruh bosqichini o'z uyida boshlab, o'z uyida tugatadi

Qolgan ikkita klubimiz "Paxtakor" va "Nasaf" esa pley-off bosqichidan o'ta olsa guruh bosqichida ishtirok etadi.

"Nasaf" agarda "Ay Faysali" to'sig'idan o'tsa, unda "C" "kvarteti"dan joy oladi.

OCHL-2018. "Nasaf" guruh bosqichiga chiqsa, Xavi O'zbekistonga keladi

"Paxtakor" esa "Al Garafa"ni mag'lub etishni uddalasa, unda "A" guruhiga borib tushadi.

OCHL-2018. "Paxtakor" "Al Garafa"ni mag'lub etsa qaysi guruhda o'ynaydi?

"Paxtakor"ning pley-offdagi raqibi "Al Garafa" "sherlar" uchun qanchalik tanish raqib?

SHu vaqtga qadar ushbu jamoalar jami 5 marotaba o'zaro to'qnash kelishganini guvohi bo'lamiz.

Dastlab bu ikkala jamoa 2002 yil OCHL Pley-off bosqichida, keyinroq 2008 yili OCHL guruh bosqichida birga tushishgan.

2002 yil Qatarda o'tgan o'yinda mezbonlar 4:3 hisobida zafar quchishgan. Toshkentda esa "Paxtakor" yirik hisobda g'olib bo'lgan - 3:0.

2008 yil Dohadagi bahs gollarga boy kechgan va yakunda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan - 2:2. Toshkentda bo'lib o'tgan o'yinda esa "Paxtakor" "Al Garafa"ga hech qanday imkoniyat qoldirmagan - 2:0.

SHuningdek, bu ikki tanish raqiblar 2010 yilgi OCHLning 1/16 final bosqichida o'zaro ro'baro kelishgan. O'shanda bir o'yinlik pley-off bellashuvida "Al Garafa" futbolchisining birgina goli nimchorak final masalasini hal etgan.

SHu tariqa hozirgacha o'tkazilgan 5ta o'yinda kuchlar teng. Har ikkala jamoa ikkitadan g'alaba qozongan va bir uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan.

Eslatib o'tamiz, 30 yanvar kuni OCHL pley-off uchrashuvida "Al Garafa" hamda "Paxtakor" jamoalari Dohada OCHL guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun kurash olib borishadi.

"Nasaf"ning OCHLdagi bo'lajak raqibi eski "qadrdonlar"

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика