"Paxtakor" U-19 murabbiyi Bobir Abdurahmonov: "Navbatdagi maqsad uchinchi sovrinni qo'lga kiritish"
03 noy 2024 12:01
Yangiliklar
"Paxtakor" U-19 murabbiyi Bobir Abdurahmonov: "Navbatdagi maqsad uchinchi sovrinni qo'lga kiritish"
U-19 chempionatida g'olib chiqqan "Paxtakor" U-19 murabbiyi Bobir Abdurahmonov "Bunyodkor"ga qarshi final uchrashuvidan so'ng fikrlarini bildirdi.
"Taassurotlarni so'z bilan aytib bo'lmaydi. Bu chempionatda ilk bor g'olib chiqishimiz. Yanada kuchliroq ishlashda davom etishimiz kerak. Mehnat qilib g'oliblikni saqlab qolishga harakat qilamiz.
"Bunyodkor" kuchli jamoa. Derbi qanday yosh toifasida bo'lsa ham derbi hisoblanadi. Birinchi bo'limdan so'ng yigitlarga kerakli ko'rsatmalarni berdik. Toshkent shahar chempionatida g'olib chiqqan edik, endi Respublika turniri boshlanadi. Maqsadimiz uchinchi sovrinni qo'lga kiritish",- deydi Bobir Abdurahmonov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar