"Paxtakor": U-12 jamoamiz Koreyada futbol festivalida g'olib bo'ldi
18 avg 2015 10:16
Yangiliklar


"Paxtakor": U-12 jamoamiz Koreyada futbol festivalida g'olib bo'ldi
Unda O'zbekiston sharafini "Paxtakor" akademiyasining 2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari himoya qilishdi. Dmitriy An boshchiligidagi jamoa Mo'g'ulistonning "DMU Sport", Janubiy Koreyaning "Juyun", "Jovanni akademiya" va "Jey sokker A" jamoalarini mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrin sohibi bo'lishdi.
Dmitriy An musobaqa haqida fikrlarini bildirib o'tdi:
- Klublar o'rtasidagi festival Janubiy koreyaliklar tomonidan juda yuqori saviyada tashkil etildi. Ishtirokchilarga barcha qulay sharoitlar yaratib berildi. Bolalar boshqa mamlakat jamoalari bilan bahslarda o'z kuchlarini sinab ko'rishdi. Gap natijada ham emas. SHogirdlarim ilk bor xorijga safar qilib, xalqaro musobaqada ishtirok etishdi. Ular bundan katta taassurotlar olishdi. Ular yaxshi futbolchi bo'lib etishsalar, kelajakda ko'plab xalqaro uchrashuvlarda qatnashishlari mumkin. Musobaqadan shogirdlarim har tomonlama foyda olishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar