"Paxtakor" - "Traktorsozi": matbuot anjumaniga taklif etamiz
13 mar 2016 13:48
Yangiliklar


"Paxtakor" - "Traktorsozi": matbuot anjumaniga taklif etamiz
14 mart dushanba kuni "Paxtakor" - "Traktorsozi" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Matbuot anjumani soat 14:00da mehmonlar vakillari ishtirokida "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida boshlanadi. Keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi No'mon Hasanov va futbolchisi OAV savollariga javob qaytaradi.
"Traktorsozi" mashg'uloti "Paxtakor" stadionida soat 17:00da start oladi. Mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi jurnalistlar uchun ochiq bo'ladi. 18:00da esa jamoamiz maydonga chiqib keladi.
O'yin oldi tadbirlariga barcha jurnalistlarni taklif etib qolamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar