So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

"Paxtakor" - "Surxon" uchrashuvida belgilangan penalti qanday bekor qilindi? Yangiliklar

"Paxtakor" - "Surxon" uchrashuvida belgilangan penalti qanday bekor qilindi?

O'zbekiston kubogi chorak final doirasidagi "Paxtakor" - "Surxon" uchrashuvining 8-daqiqasida qiziqarli voqea sodir bo'ldi.

"Surxon" jarima maydonchasida to'pni bosh bilan o'ynagan CHeranning harakatidan keyin to'p Husniddin G'ofurovning ko'kragiga tegdi. O'yin bosh hakami Ilgiz Tantashev esa mazkur vaziyatda to'p raqib futbolchisining qo'liga tegdi, deb hisoblab "nuqta"ni ko'rsatdi. Ammo biroz vaqt o'tgach, belgilangan penaltini bosh hakam Tantashev bekor qildi.

To'g'ri, takroriy lavhada to'p qo'lga emas, balki G'ofurovning ko'kragiga tekkani yaqqol ko'rindi. Ammo Tantashev dastlab belgilagan penaltini nimaga asoslanib bekor qilgani qiziq.

Bizda VAR yo'q. Lekin kechagi uchrashuvda "Surxon" zarariga, "Paxtakor" foydasiga qo'yilgan xato penalti o'z vaqtida bekor qilindi. 

Uchrashuvdan keyin malum bo'lishicha, Tantashevga birinchi navbatda o'sha chiziqda yaqin turgan yon hakam Husniddin SHodmonov bu vaziyatda to'p qo'lga tegmaganini aytgan. SHuningdek, zaxira hakami sifatida ishlagan Husan Muzaffarov ham hech qanday penalti bo'lmaganini bosh hakamga etkazib, xato qarorni to'g'rilash uchun yordam bergan. Bu vaziyatda esa Ilgiz Tantashev o'z xatosini vaqtida to'g'rilab, tezda belgilagan penaltisini bekor qildi. SHuningdek, o'sha vaziyatda ishtirok etgan "Paxtakor" futbolchisi Dragan CHeran ham to'p qo'lga tegmananini takidlab, penaltini bekor qilish qarorini qo'llab-quvvatlagan.

Qayd etish kerakki, Dragan CHeran o'sha epizoddan keyin hakamga penalti belgilashi haqida ishora ham qilmagan va keyinchalik qoida buzilmaganini tan olgan.

Garchi bizda hali VAR tizimi yo'lga qo'yilmagan bo'lsada, kechagi epizoddagi holat bo'yicha Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi juda oqilona qarorga kelishdi. Bu esa albatta tahsinga sazovor ish.

SHu boisdan ham mazkur o'yinda birinchi yon qanot hakami hamda zaxira hakami sifatida ishlagan Husniddin SHodmonov va Husan Muzaffarovning vaziyatni to'g'ri baholay olgani, bosh hakamga chin manoda yordam ko'rsatgani etirofga loyiq.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика