So’nggi yangiliklar

17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  0 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  1 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  11 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3

"Paxtakor" Superliganing yangi mavsumi oldidan tanishtiruv marosimini o'tkazdi Yangiliklar

"Paxtakor" Superliganing yangi mavsumi oldidan tanishtiruv marosimini o'tkazdi

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi 2022 yilgi Superliga starti oldidan OAV, klub muxlislari va homiylari ishtirokida yangi futbolchilarning tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

Unda qishki transferlar oynasida jamoaga kelib qo'shilgan Oliver SHarkich, Mirjahon Mirahmadov, Aleksey Larin, Kamen Xajiev, Sardor Rashidov, Ikrom Aliboev, klub raisi o'rinbosari Dilshod Karimov, bosh direktor Dmitriy Adisman savollarga javob berib o'tishdi. 



Dilshod Karimov: Assalomu aleykum hurmatli mehmonlar. Barchangizni ko'rib turganimdan xursandman. 2022 yilda o'zbek futbolida ko'p o'zgarish bo'ladi. Barcha jamoalar kuchaymoqda. Intriga oshadi. Bu o'zbek futboli rivoji uchun yaxshi deb o'ylayman. Qo'ldan kelgancha yangi futbolchilarni olib keldik. Ular orasida akademiyamiz tarbiyalanuvchilari ham bor. Mavsumni ijobiy natija bilan boshladik. O'ylaymanki Superkubok oxirgi sovrinimiz bo'lmaydi. 

Oliver SHarkich: - Klub juda yaxshi va tashkiliy masalalar ajoyib yo'lga qo'yilgan. Mavsumga yaxshi tayyorlandik va yakshanba kuni Superkubokda g'alaba qozondik. Endi oldimizda Superliga va boshqa musobaqalarda yaxshi ishtirok etish vazifasi turibdi.



Jasur Yoqubov: - "Paxtakor" tarkibiga qaytganimdan baxtiyorman. Nasib qilsa, yaxshi o'yinlar ko'rsatib, muxlislar ishonchini oqlash va jamoaga foyda keltirishga harakat qilaman.



Kamen Xadjiev: - Superkubok bahsida bizni muxlislar ajoyib qo'llab-quvvatlashdi. Birinchi sovringa erishdik. Mavsum oxirida ko'proq sovrinlar bilan o'tiramiz degan umiddaman.

Sardor Rashidov: - "Paxtakor" yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoa. SHu mavsumni oxirida kubok oldiga yana 2ta sovrin qo'shish niyatimiz bor. 



Aleksey Larin: "Paxtakor" yuqori maqsadlarni oldiga qo'ygan klub. Tashkilotchilik ajoyib yo'lga qo'yilganligini aytish joiz. Mashg'ulot va o'yinda bizdan talab qilingan natijani ko'rsatishga harakat qilamiz. 



Ikrom Aliboev: - "Paxtakor" men uchun begona emas. Faoliyatimni shu erda, klub akademiyasida boshlaganman. Bu erdagi debyutimda Superkubokni qo'lga kiritdik. Hali yana boshqa sovrinlarga ega chiqishni istayman.



Mirjahon Mirahmadov: -  Yigitlar deyarli barcha narsani gapirib bo'lishdi. Ular aytgandek, hamma sovrinlarga erishishni xohlaymiz. O'zimga ishonaman. Asosiy tarkibdan joy olib, muhim gollar urishga harakat qilaman.


- Turkiyadagi yig'inlarda o'zingizni ko'rsatishga qiynaldingiz. Hujumchi sifatida bor potencialingizni ko'rsata olmadingiz, deya olaman. Oldinda uzoq va qiyin mavsum kutib turibdi. Bu borada o'zingizga nisbatan ishonch qay darajada?

Oliver SHarkich: -  O'zimni ko'rsatishga tayyorman. Meni bu erga taklif etishda adashishmaganini isbotlashni istayman. Ularning ishonchini oqlashga bor kuchimni beraman. Ishqibozlarni chiroyli o'yinlar bilan xursand etishni 

Mirjahon Mirahmadov: O'zimga yuz foiz ishonyapman. Gollarim bilan ishqibozlarni xursand qilishga harakat qilaman.



- Oliver yangi jamoaga moslashish qanday ketyapti? 

SHarkich: - "Paxtakor" bitta oila. Hamma yordam bermoqda.  Tilimiz o'xshash bo'lgani uchun Dragan CHeran bilan ko'p muloqotda bo'laman. Kamen, Sardor bilan ham shunday. O'ylaymanki, bunda muammo bo'lmaydi. 


- "Paxtakor" OCHLda qanday maqsad qilgan? O'zbekiston chempionatini yutish jamoa uchun yangilik hisoblanmaydi...

Voyneski: - Har bir ligani yutish qiyin. Hech bir  joyda sovringa ega chiqish oson emas. Superkubok o'yini qanchalik og'ir kechganini hamma ko'rdi. Har bir jamoa bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishga urinadi. CHempionlar Ligasida guruhdan chiqishni istaymiz. O'yinlar Ramazon oyida bo'ladi va biz barchani hisobga olishimiz kerak. Biz har 4-5 kunda maydonga tushishimiz lozim. SHunday tig'iz taqvimda o'ynaymiz. Aprel va mayda juda ko'p o'yinda maydonga tushamiz. Bu holatda barcha kichik jihatlargacha etibor qaratamiz. Milliy terma jamoada ham o'nga yaqin futbolchi to'p tepadi.



- To'rtinchi turda "Paxtakor" "Navbahor" bilan to'qnash keladi. Odatda bu ikki jamoadagi o'yinlarda haqiqiy jang guvohi bo'lamiz. Bu safar ham shunday bo'ladimi?

Ikrom Aliboev: - Faqat "Navbahor" bilan o'yinlarda emas, balki butun mavsum mobaynida o'zimning borimni berishga harakat qilaman. 

Mirjahon Mirahmadov: - Har bir bellashuvda raqib kim bo'lishidan qati nazar "Paxtakor" uchun foyda keltirishga intilaman.

Kamen Xadjiev: - Raqibning ahamiyati yo'q. Borimizni berishga harakat qilamiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика