So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

"Paxtakor" stadioniga tamir kerak. U Superligani qabul qila olmaydi Yangiliklar

"Paxtakor" stadioniga tamir kerak. U Superligani qabul qila olmaydi

2024 yilgi futbol mavsumiga tayyorgarlik davrida qabul qilingan rejalar asosida "Paxtakor" stadioni Superliga uchrashuvlarini qabul qilishdan to'xtadi.

Stadion U-21 chempionati va PRO liga uchrashuvlarini o'tkazishi mumkin.

Sir emaski, Liga Superliga stadionlariga bo'lgan talabni bosqichma-bosqich oshirib boradi. 2023-yilning aprel oyida "Paxtakor" stadioni tribunalaridagi holat sabab ishchi guruh tuzilgan va uning xulosasi asosida stadion tribunalarining tahminan 70 foizi xavfsizlik nuqtai nazari bilan muxlislar uchun yopib qo'yilgandi. Buning oqibatida "Paxtakor" CHempionlar ligasining so'nggi mavsumini "Bunyodkor" stadionida o'tkazishga majbur bo'ldi.

O'tgan vaqt davomida stadionni kapital tamirdan chiqarish masalasida ijobiy o'zgarish bo'lgani yo'q. SHundan kelib chiqib, "Paxtakor" Elit CHempionlar ligasi musobaqasi uchun yana bir bor "Bunyodkor" stadionini OFK platformasiga joylashga majbur bo'ldi. Liga esa reja asosida "Paxtakor" arenasini Superliga uchrashuvlarini qabul qiladigan stadionlar ro'yxatidan chiqardi.

"Paxtakor" mavsumning ikkinchi yarmini Jar stadionida o'tkazadi. Klub uch tomonlama tuzilgan bitimni Ligaga taqdim etdi.

Avvalroq "Surxon" Liga talabi bilan "Paxtakor" stadionida o'ynay olmasligi aniq bo'lgach, Samarqanddagi "Dinamo" bilan kelishuvga erishgan, "Lokomotiv" esa poytaxtdagi boshqa stadion — "Bunyodkor"ga ko'chib o'tishi malum qilingandi.

Proliga vakillari bo'lgan "Buxoro" va "Olimpik Mobiuz" O'FAga qarashli "Do'stlik" stadionida raqiblarini qabul qiladi. "Do'stlik" Toshkent klubi esa "Paxtakor" stadionidan foydalanadi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика