So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

"Paxtakor" stadioni 2012 yildan keyin birinchi marotaba muxlislar bilan to'ldi Yangiliklar

"Paxtakor" stadioni 2012 yildan keyin birinchi marotaba muxlislar bilan to'ldi

O'zbekiston - KXDR uchrashuvida ochig'i hech kim bunday ajiotaj bo'lishini kutmagan edi.

O'yin uchun sotuvga chiqarilgan 27 000ta chipta o'z egasini topdi. Undan tashqari yana o'n mingga yaqin muxlis stadionga kirdi. 35 000 nafardan oshiq muxlisni o'z bag'riga sig'dirgan "Paxtakor" Markaziy stadioni so'nggi marotaba 2012 yil to'lgandi. O'shanda terma jamoamiz Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi bahs olib borganlar va o'yinda 2:2 hisobi qayd etilgan edi.

2011 yil 11 noyabr kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston - KXDR o'yinida ham "Paxtakor" Markaziy stadioniga 30 000 nafar muxlis tushgan. Qizig'i shundaki, so'nggi yillarda "Paxtakor" Markaziy stadioni koreyaliklarga qarshi o'yinlarda to'lyapti. 2010 yil aynan noyabr oyining ettinchi sanasida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatining finalida KXDRga imkoniyatni boy beradilar. Mana shu o'yinda qaydnomaga 35 000 muxlis yozilgan bo'lsada, stadiondagi muxlislar soni 45 000 nafarga yaqin edi. O'yin boshlanishiga 30 daqiqa qolganida barcha kirish eshiklari yopilgan va tashqarida yana o'n mingga yaqin muxlis qolib ketgan.

Kuni kecha bo'lib o'tgan uchrashuvda ham stadionga kira olmagan muxlislar ko'pchilikni tashkil etdi.

Hammadan ham, davlatimiz madhiyasi yangragan vaziyatda ko'tarilgan ulkan bayroq stadionga o'zgacha chiroy berdi.

"Bu bayroqni "JAR" stadionida ko'targan edik. O'shanda stadionning bir tomoni to'liq bayroq bilan qoplangan edi. "Paxtakor"da ham u chiroyli ko'rinish oldi. Hisob 0:1 bo'lib turgan vaziyatda bir narsadan cho'chidim. Ishqilib stadionga kelgan muxlislar futbolchilarimizni haqorat qilmasinlar deb turgandim. O'ylaganimdek bo'lmadi. SHu kuni stadionga kelgan 30 mingdan ortiq muxlisning barcha barchasi 90 daqiqa davomida terma jamoamizni qo'llab - quvvatlab turdilar. Buning uchun muxlislar klubi va futbolchilarimiz nomidan ularga minnatdorchilik bildiramiz. Futbolchilarimizga esa bizni qiyin vaziyatdan olib chiqib ketganliklari uchun rahmat aytamiz. Toshkentda bo'lib o'tadigan keyingi ikkita o'yinda sizlarni yolg'izlatib qo'ymasylikka vada beramiz, ammo sizlar ham biz uchun g'alaba taqdim etishlaringiz kerak bo'ladi", - deydi O'zbekiston terma jamoasi muxlislar klubi sardori Abdurahmon Fozilov.


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика