So’nggi yangiliklar

10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  12 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  8 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  5 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0

"Paxtakor" - SSSR 4:4. Afsonalar o'yinida do'stona durang Yangiliklar

"Paxtakor" - SSSR 4:4. Afsonalar o'yinida do'stona durang

"Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga bag'ishlangan badiiy dastur va o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan avval 1979 yil 11 avgust kuni aviahalokat natijasida hayotdan ko'z yumgan futbolchilar xotirasiga bag'ishlab badiiy dastur namoyish etildi. Unda jamoa azolarini yodga oladigan chiqishlar va qo'shiqlar ijro etildi. "Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga atab ishlangan turli videoroliklar namoyish etib turildi.

Uchrashuvda esa stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar yaqin o'tmishdagi futbol afsonalarining ajoyib harakatlaridan bahra olishdi. Katta yoshdagi muxlislar o'yin davomida miriqib o'zlarining suyuklilarini yana qo'llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo'lishdi. Har ikki jamoa azolari mahoratlari haligacha yuqori ekanini ko'rsatishga intilishdi. Bellashuv do'stona 4:4 hisobida yakunlandi. "Paxtakor"dan Azamat Abduraimov, sobiq SSSRdan Igor Belanov xet-trikka erishdi. Ravshan Bozorov va Dmitriy Kuznecov hisobiga esa bittadan gol yozildi.

O'zining oxirigacha kurashishi, sadoqati, intilishi bilan ishqbozlar qalbiga yo'l topgan "Paxtakor-79" jamoasi xotirasini har doim yodga olamiz. Akademiyamizda tahsil olayotgan bolalarga shonli jamoaga munosib avlod bo'lib voyaga etishi to'g'risida doim takidlanadi.

"Paxtakor-79" hamisha yodimizda va qalbimizda. Ular bilan faxrlanamiz!

"PAXTAKOR" - SOBIQ SSSR TERMA JAMOASI - 4:4 (3:2)
11 avgust. "Paxtakor" stadioni.
Hakamlar:
B.Haydarov, K.Smirnov, B.Tog'aev, SH.Po'latov.
"Paxtakor" (umumiy tarkib): Aleksey Roshin, Murod Aliev, Denis Ivankov, Farhod Magomedov, Mahmud Sobirov, Islom Ahmedov, No'mon Hasanov, Igor SHkvirin, Azamat Abduraimov, Jasur Abduraimov, Ilhom SHaripov, Jafar Irismetov, Ravshan Bozorov, No'mon Nurmatov, Oleg Sobirov, Aleksandr Xvostunov, Sergey Lebedev, Oybek Usmonxo'jaev, Baxtiyor Ashurmatov, Furqat Esonboev, Pavel Bugalo, Sergey Lushan, Qayrat O'taboev, Sobir Xodiev, Abduqahhor Marufaliev, Gocha Tkebuchava, Mirjalol Qosimov, Nuriddin Amriev, Yuriy Kurbiko.

Sobiq SSSR terma jamoasi: Otar Gabeliya, Kuralbek Ordabaev, Ruslan Nigmatullin, Vladimir G'ulomhaydarov, Vladimir Bessonov, Aleksey Mixaylichenko, Aleksandr Zavarov, Vagiz Xidiyatullin, Valeriy Kechinov, Valeriy SHmarov, Dmitriy Kuznecov, Ruslan Mamedov, Aleksandr Mirzoyan, Andrey Emanov, Andrey Pyatnickiy, Vladimir Gucaev, Aleksandr CHivadze, Andrey Kanchelskis, Vasilis Xadzipanagis, Evgeniy Yarovenko, Andrey Fyodorov.

Gollar: Azamat Abduraimov 8, 26, 50-pen, Bozorov 17 - Belanov 27, 51, 54, Kuznecov 28.



Tez orada saytimizda ushbu o'yindan to'liq fotogalereya taqdim etiladi.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика