So’nggi yangiliklar

18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  0 18:00CAFA Nations Cup. Афғонистон Ҳиндистон билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  4 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  3 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  20 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  39 16:01"Байер" ва "Фенербахче" бош мураббийлик учун Постекоглу номзодини илгари сурмоқда  1 15:34Туркия клуби яқин кунларда Онанани ижарага олмоқчи  3 15:06ФИФА ЖЧ-2026 чипталарининг бошланғич нархини белгилади  3 14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  5 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  5 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  6

"Paxtakor" SHota Arveladze boshchiligida yangicha uslubda mashg'ulot o'tkazdi +FOTO Yangiliklar

"Paxtakor" SHota Arveladze boshchiligida yangicha uslubda mashg'ulot o'tkazdi +FOTO

Kecha "Jar" stadionida "Paxtakor" jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi.

"Paxtakor"ning gruziyalik yangi bosh murabbiyi SHota Arveladze boshchiligidagi katta murabbiylar guruhi "sherlar"ni ilk bor shug'ullantirishdi.

Arveladzening birinchi mashg'ulotida jarohatlangan futbolchilar Jamshid Boltaboev, Javohir Sohibov hamda Stanislav Andreev ishtirok etmadi. Qolgan hamma futbolchilar qatnashishdi. Bundan biroz avval harid qilingan chernogoriyalik himoyachi Marko Simich, yaqindagina "Paxtakor"ga o'tgan isroillik Gidi Kanyuk, braziliyalik Tiago Bezerre, "Nasaf"dan olingan darvozabon Eldorbek Suyunov hamda himoyachi SHerzod Azamov mashg'ulotlarda ter to'kishdi.

SHota Arveladze boshchiligidagi katta murabbiy guruhi o'tkazgan mashg'ulot evropacha uslubda, boshqacha muhitda o'tdi. Dastlab, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis Laslo Yambor futbolchilar bilan chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazdi. Keyinchalik SHota Arveladze boshchiligida futbolchilar to'p bilan ishlashdi. Xususan, futbolchilar kombinaciya orqali darvozaga zarba yo'llash mashqlarini bajarishdi.



Mashg'ulotlar o'zgacha yondoshuv, evropacha ruhda kechdi. Bu albatta bizning futbolchilar uchun noodatiy hisoblanadi. Futbolchilar boshqa olamga tushib qolgandek taassurot qoldirishdi.

Muhimi, murabbiylar mashg'ulot chog'ida futbolchilarga ko'tarinki ruh bag'ishlovchi usullardan ham foydalanishdi. Hech bir futbolchi qizg'in kechgan mashg'ulot chog'ida zerikib qolgani yo'q. Toliqib qolganlar bo'ldi, ammo zerikish yoki zo'riqish bo'lmadi.
Alo kayfiyatda o'tgan mashg'ulot 1,5 soat davom etdi.

Kechagina jamoaga kelib qo'shilgan va ertalab tibbiy ko'rikdan o'tgan Eldorbek Suyunov hamda SHerzod Azamov faqatgina chigalyozdi mashqlarilf ishtirok etishdi. Keyinchalik murabbiylar ularga dam berishdi. Jamshid Iskanderov ham yakka tartibda shug'ullandi.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibida jarohatlangan Stanislav Andreev esa mashg'ulotni kuzatib bordi.

"Paxtakor" darvozabonlari bilan klubda yaqinda ish boshlagan turkiyalik mutaxassis Ibrohim Yilmaz ishladi.

Jamoaga yangi kelib qo'shilgan legionerlardan Marko Simich jismonan ancha baquvvat va yakka kurashlarda ancha faol harakat qildi.
Isroildan kelgan Gidi Kanyuk esa nozik didli futbolchi ekanligi ko'rinib turdi. Kreativlik yuqori bo'lgan Kanyuk jamoadoshlariga to'p uzatishda ham jozibador harakatlari bilan ajralib turdi. Gidi Kanyukning zarba texnikasi ancha yuqoriligi ko'rindi.
Tiago Bezerra esa texnik tarafdan kuchli. Haqiqiy braziliyaliklarga xos bo'lgan jihat, dribbling hamda texnikasi yuqori futbolchi ekanligini ko'zga tashlandi.



Bugundan jamoa ikki mahaldan shug'ullanadi.

SHota Arveladze jamoaning yangi azolari Eldorbek Suyunov va SHerzod Azamovga qisqa tatil berdi. Yaqindagina "Nasaf" safida Oliy liganing qoldirilgan o'yinini o'tkazgan bu ikki futbolchi tatilga chiqishmagani bois ularga 4 kunlik dam berildi.
"Paxtakor"ning bu ikki yangi azosi 11 iyul kuni jamoa safiga kelib qo'shilishadi.

Eslatib o'tamiz, 11 iyul kuni "Paxtakor" yangi harid qilgan futbolchilari bilan tanishtiruv marosimi hamda matbuot anjumani o'tkazadi.


Mashg'ulotlardan FOTOGALEREYA birozdan so'ng Siz azizlarga taqdim etiladi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика