"Paxtakor" Ruslan Roziev bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
3 fev 2022, 16:15
"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanalgan Ruslan Roziev bilan klub shartnomani uzaytirdi.

"Klub va futbolchi o'rtasidagi kelishuv 1+1 ko'rinishida uzaytirildi. 19 yoshli yarim himoyachi hozirgacha Superligada jami 10 uchrashuvda maydonga tushgan. Jamoamiz tarkibida debyutini 2019 yil nishonlagan. Umid qilamizki, Ruslan jamoamiz bilan ko'plab sovrinlarga ega chiqadi", deb yoziladi klub bayonotida.

Qayd etish kerak, futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Metallurg"da o'tkazgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати