Paxtakor Rossiya Premer-ligasi klubiga mag'lub bo'ldi
18 fev 2014 23:06
Yangiliklar


Paxtakor Rossiya Premer-ligasi klubiga mag'lub bo'ldi
Toshkentning Paxtakor jamoasi Turkiyadagi ikkinchi yig'in doirasida ilk nazorat o'yinini o'tkazdi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkentning Paxtakor va Rossiya Premer-ligasida ishtirok etuvchi Krasnodar jamoalari o'rtasidagi nazorat o'yini 1:0 hisobida rus klubi foydasiga hal bo'lgan.
Uchrashuvdan avval Paxtakor matbuot xizmati Krasnodarga qarshi o'yinda argentinalik futbolchi to'p surishi haqida xabar bergan edi: Bugungi uchrashuvda Paxtakor murabbiylar shtabi jamoada ko'rikdan o'tayotgan hujumkor yarim himoyachi argentinalik Matias Norberto Fernandesni o'yinini kuzatish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Agar futbolchi murabbiylarga maqul kelsa, O'zbekiston chempionatida birinchi argentinalik legioner paydo bo'lishi imkoniyati yo'q emas.

Fikrlar