"Paxtakor": Raqibimiz "Nefteximik"
28 jan 2014 13:05
Yangiliklar

"Paxtakor": Raqibimiz "Nefteximik"
Antaliyada yig'in o'tkazayotgan "Paxtakor" ertaga birinchi nazorat bahsida maydonga tushadi.
29 yanvar kuni "Nefteximik" bilan uchrashuv bo'lib o'tadi. Nijnekamsk shahrida 1991 yil tashkil etilgan klub ayni paytda Rossiya milliy futbol ligasida ishtirok etadi. Mavsumning birinchi qismini bu jamoa 18-o'rinda yakunlagan. Bosh murabbiy sifatida Rustem Xuzin ishlab kelmoqda. Vagiz Galiulin va Davron Mirzaev singari o'zbekistonlik futbolchilar yaqingacha "Nefteximik" safida faoliyat yuritishgandi. Nijnekamsk shahri klubi bundan avvalgi nazorat o'yinida "Fakel"ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Jamoamiz esa "Papillon" mehmonxonasiga qarashli maydonda mashg'ulotlar o'tkazishda davom etyapti. Jamoa menejeri Samvel Babayan va murabbiylar shtabi boshchiligida futbolchilar jismoniy imkoniyatlarni oshirish bilan birga endi haftalik o'yinlar ritmiga tushishga harakat qilishadi. "Paxtakor" va "Nefteximik" jamoalari o'rtasidagi nazorat bahsi 29 yanvar, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar