So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  1 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  6 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  12 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  19 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

"Paxtakor" - "Qizilqum". Uchrashuv haqida malumotlar Yangiliklar

"Paxtakor" - "Qizilqum". Uchrashuv haqida malumotlar

Teglar :  PaxtakorQizilqum
21 sentyabr kuni "Paxtakor" 20-turning qoldirilgan o'yinida "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Mavsumni ancha barqaror o'tkazayotgan "Qizilqum" tarkibida bir qator tajribali futbolchilar to'p tepmoqda. SHu sababli bizni qizg'in va murakkab kechishi kutayotgan o'yin kutib turibdi. Oxirgi turda navoiyliklar "Buxoro"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Jamoalar tarkibida bir nafardan yo'qotish mavjud. "Paxtakor"dan Javohir Sohibov, "Qizilqum"dan Fayzulla Qambarov sariq kartochkalar sababli maydonga tushmaydi.

Qarama-qarshilik

Jamoalar oliy liga tarixida 33 bor kuch sinashganlar. 27 bellashuvda g'alaba qozongan "Paxtakor" 5 marta durangga imzo chekkan. Bir bor Navoiy jamoasi g'olib chiqqan. "SHerlar" 90 marta gol urib, 19 marta darvozalaridan to'p olib chiqishgan. Toshkentdagi 16 bahsning 13tasida jamoamiz zafar quchgan. 2 bor durang kuzatilib, "Qizilqum" bir safar ustun kelgan.

O'yin rasmiylari

Uchrashuvni Viktor Serazetdinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

"PAXTAKOR" - "QIZILQUM"
Hakamlar:
Viktor Serazetdinov (Toshkent), Bobur Qodirov (Buxoro), Abdurahmon Qo'ldoshev (Buxoro), Dauletboy Jalimov (Nukus).
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).
PFL vakili: Farhod Magometov.

Yoshlar tarkiblari uchrashuvi 20 sentyabr kuni Qibrayda soat 16:00da boshlanadi. Asosiy jamoalar o'yini 21 sentyabr, chorshanba kuni 18:30da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика