So’nggi yangiliklar

17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  0 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3

"Paxtakor" - "Qizilqum" o'yinidan oldin: Arveladze va Aktamovga doir qiziqarli fakt va raqamlar (statistika) Yangiliklar

"Paxtakor" - "Qizilqum" o'yinidan oldin: Arveladze va Aktamovga doir qiziqarli fakt va raqamlar (statistika)

Superliganing 12-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvidan oldin har ikkala jamoalarning bosh murabbiyilari statistikasiga etibor qaratamiz.

2017 yilning ikkinchi qismidan boshlab "Paxtakor"ni o'z qo'liga olgan SHota Arveladze bugun jamoa boshqaruvidagi 73-uchrashuvini o'tkazadi. Bunga qadar gruziyalik mutaxassis "Paxtakor" rulida barcha musobaqalarda (Oliy liga/Superliga, O'zbekiston Kubogi, OCHL, Liga Kubogi) 72 o'yinda ishlashga ulgurdi. Arveladze "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida hozirga qadar 47 g'alaba, 13 durang va 12 mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati: 135-58.


Navoiyning "Qizilqum" bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Hamidjon Aktamov uchun esa bugungi bahs 114-o'yin (Oliy liga/Superliga, O'zbekiston Kubogi, Liga Kubogi) bo'ladi.  Navoiyliklar Aktamov boshqaruvida quyidagicha natijalar qayd etishgan: 38 g'alaba, 31 durang va 44 mag'lubiyat. To'plar nisbati: 136-157.


Qizig'i, Aktamov bosh murabbiyligida "Qizilqum" o'tkazilgan o'yinlarda g'alabadan ko'ra ko'proq mag'lubiyatga uchragan. Yani mag'lubiyatlar soni g'alabalardan ko'p.

Yana bir qiziq tarafi, SHota Arveladze "Paxtakor" rulida 72 o'yin o'tkazganiga qaramasdan, 2016 yildan buyon "Qizilqum"ga rasman bosh murabbiy etib tayinlangan Aktamov jamoasi 113 uchrashuvda urgan gollardan atiga bitta kam kiritgan.

Yani, "Qizilqum" Aktamov boshqaruvida 113 bahsda 136ta gol urgan bo'lsa, "Paxtakor" Arveladze qo'l ostida 72 uchrashuvda 135ta gol kiritishni uddalagan. Bugun mazkur ko'rsatkich bo'yicha Arveladze butkul ilgarilab ketish imkoniyatiga ega.

Qiziqarli fakt sifatida Hamidjon Aktamov SHota Arveladzedan O'zbekistonda birinchi bo'lib ochko olgan mutaxassis bo'lganini etirof etish mumkin. Lekin hozirgacha gruziyalik mutaxassis Aktamov jamoasiga yutqazmay kelmoqda.

Yana bir etiborga molik jihat shuki, so'nggi bor Oliy ligada ishlagan va hozirgi Superligaga o'zgartirilgan chempionat davomida istefoga chiqarilmagan murabbiylar ro'yxatida aynan Arveladze, Aktamov va "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev qolganini aytish mumkin. Superligada ishlagan qolgan barcha mutaxassislar istefoga chiqib, jamoa o'zgartirishga ulgurishdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика