So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

"Paxtakor" kimni qaytarmoqchi, klub smetasi qisqardimi? Yangiliklar

"Paxtakor" kimni qaytarmoqchi, klub smetasi qisqardimi?

Toshkentdagi "Jar" stadionida Pro liga 10-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Neftchi" o'yini o'tkazilyapti (hozircha 3:0).

Olimpik

Abdurauf Bo'riev - 47', Muhammadali G'iyosov - 61', Alisher Odilov - 65'

PRO liga. 10-tur

08/06/2021, 18:00

0
:
3
Tugadi

Neftchi

45'
90'
47'  Abdurauf Bo'riev
51'  Muhammadali G'iyosov
58'  SHahzod Toirov (Eldor Begimov)
61'  Muhammadali G'iyosov
65'  Alisher Odilov
69'  Muhammadali G'iyosov (Farrux Muxtorov)
69'  Alisher Odilov (Ruslanbek Jiyanov)
69'  Bektemir Abdumannonov (Otabek Jo'raqo'ziev)
82'  Abdurauf Bo'riev (Diyor Ramazonov)
45'  Sobit Sindarov
46'  Ruslan Roziev (Sardor Abdunabiev)
46'  Darko Stanoyevich (Xudoyshukur Sattorov)
49'  Marko Obradovich
66'  Abdullo Olimov (Izzat Abdullaev)
66'  Marko Obradovich (Sherzod Karimov)
67'  Saidullo Rahmatov (Umar Adhamzoda)

Biz ham ushbu bahsni yoritish maqsadida saytimiz jamoasi bilan o'yingohga tashrif buyurganmiz. Uchrashuvni tomosha qilish uchun o'zbek futboliga bevosita aloqador bo'lgan rasmiylar, o'tmishning mashhur futbolchilari tashrif buyurishgan. Jumladan, futbolimiz tarixidagi eng kuchli hujumchilardan biri, bugungi kunda poytaxtning "Paxtakor" klubida sport direktori sifatida faoliyat yuritayotgan Jafar Irismetov ham. Biz yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalanib Jafar akani suhbatga chorlab, bir nechta savollarimizga javob oldik...

— "Paxtakor" hokimlik tasarrufiga o'tgani haqida xabar berildi. Ammo jamoa ichidagi holat mavhumligicha qolmoqda. Bilamizki, "SFI Management Group" davrida klubning iqtisodiy ahvoli juda zo'r edi. Endi "Paxtakor"ning smetasi qisqaradimi?

— Yo'q, jamoa smetasi o'zgarishsiz qoladi. Bu borada Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev bilan allaqachon suhbatlashdik. U kishining futbol haqidagi qarashlari bizga yoqdi. Endi klub siyosati asosan mahalliy futbolchilarga qaratib, ularni yangi darajaga chiqarishga qaratiladi.

— Birinchi davra yakuniga oz fursat qoldi. Smeta o'zgarishsiz qolgani haqida aytdingiz. Mavsum avvalida bir qator etakchilar jamoani tark etgandi. Imkoniyat bo'lsa, yozgi transfer oynasida ularning o'rni to'ldiriladimi?

— Yil boshida bazi etakchilarni yo'qotishimizga klubning kelajagi mavhum holatda ekani sabab bo'lgandi. OCHLdagi muvaffaqiyatsizliklarga ham shu sababchi. Muxlislar bizdan xafa bo'lgan bo'lishlari mumkin. Lekin ularni ishontirib aytishim mumkin, kelasi yil barchasi boshqacha bo'ladi. CHunki hozir bizda avlodlar almashinuvi jarayoni o'tyapti. Joriy yil bunaqa vaziyatda "Real" va "Barselona" ham kuboksiz qolganiga guvoh bo'ldik.

Ha, endi jamoa tarkibi kuchaytiriladi. Kecha Hojimat Erkinovning jarohatga yo'liqqanidan xabaringiz bor. U jamoamiz uchun ulkan yo'qotish. SHu tufayli bir qator kuchli futbolchilarni olib kelishni rejalashtiryapmiz, ammo bu transferlar qishda amalga oshsa kerak.

— Sir bo'lmasa, gap aynan kimlar haqida boryapti?

— Sizga aytishim mumkin bo'lgan yagona ism - Igor Sergeev. Uning o'zi yil avvalida ham jamoamizda qolishni istagandi.

— Igor yozda qaytadimi?

— Ha, Sergeevni yozda qaytarish borasida harakat qilyapmiz. Biroq uning "Aktobe" bilan shartnomasi bor. Voqealar rivojini kuzatamiz.

— Sergeevning transferi amalga oshmasa, boshqa hujumchi olib kelinadimi? Har holda Derdiyok raqobatdan holi bo'lib qolgani uning o'zi uchun ham, jamoa uchun ham yaxshi emas.

— "Paxtakor" uchun eng munosib variant Igor, deb o'ylayman.

— Sobiq hujumchi sifatida Eren Derdiyokning harakatlarini qanday  baholaysiz? SHveycariyalik futbolchini klub tarixidagi omadsiz transferlar qatoriga qo'shsak bo'ladimi?

— Fikringizni tasdiqlasam, kimlardir xafa bo'lib qolishi mumkin...

— SHota Arveladzening jamoaga qaytishi haqida gap-so'zlar chiqdi. Bunda jon bormi?

— Ha, shunday mish-mishlar tarqaldi. Ammo hozircha Piter Xyuistra biz bilan. Fursatdan foydalanib, niderlandiyalik mutaxassis va jamoamiz vakillariga tashakkur aytib qolaman. Ular "Paxtakor"ning qiyin kunlarida, 4 oylab maosh olishmasa-da, maydonda borlarini berishdi...

Muallif :
Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика