"Paxtakor" o'yin qoidalari bo'yicha seminarda qatnashdi
28 iyu 2016 12:38
Yangiliklar
"Paxtakor" o'yin qoidalari bo'yicha seminarda qatnashdi
Kecha "Paxtakor" stadionida jamoa futbolchilari uchun o'yin qoidalari bo'yicha saboq darsi tashkil etildi.
Unda FIFA referisi Vladislav Ceytlin jamoamiz azolariga o'yin qoidalari
bo'yicha maruza qildi. Joriy yilning 1 avgustidan Evropada o'zgartirilgan
qoidalar kuchga kiradi. PFL musobaqalarida bu kelasi yildan ishlatilishni
boshlaydi. Futbolchilarni o'sha qoidalarga tayyorlab borish maqsadida
dastlabki seminar o'tkazildi. Yangi qoidalarda ko'zda tutilgan o'nggi umid
foli, o'yindan tashqari holatni aniqlash, to'pni qo'l bilan o'ynash va boshqa
o'zgarishlar xususida futbolchilarga malumotlar berildi. FIFA hakami turli
holatlar yuzasidan ularning fikrini tinglab, vaziyatlarni izohlab o'tdi.
Fikrlar