"Paxtakor" o'yin qoidalari bo'yicha seminarda qatnashdi

Aziz Tukhtamuradov
28 iyun 2016, 12:38
Kecha "Paxtakor" stadionida jamoa futbolchilari uchun o'yin qoidalari bo'yicha saboq darsi tashkil etildi.


Unda FIFA referisi Vladislav Seytlin jamoamiz a'zolariga o'yin qoidalari bo'yicha maruza qildi. Joriy yilning 1 avgustidan Yevropada o'zgartirilgan qoidalar kuchga kiradi. PFL musobaqalarida bu kelasi yildan ishlatilishni boshlaydi. Futbolchilarni o'sha qoidalarga tayyorlab borish maqsadida dastlabki seminar o'tkazildi. Yangi qoidalarda ko'zda tutilgan o'nggi umid foli, o'yindan tashqari holatni aniqlash, to'pni qo'l bilan o'ynash va boshqa o'zgarishlar xususida futbolchilarga ma'lumotlar berildi. FIFA hakami turli holatlar yuzasidan ularning fikrini tinglab, vaziyatlarni izohlab o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: pakhtakor.uz