So’nggi yangiliklar

20:15Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  10 20:04Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  6 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 19:05Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон – Тожикистон (онлайн ҳисоб)  0 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   18 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  13 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  3 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  1 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  3 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  6

"Paxtakor" nima qilmoqchi? Yangiliklar

"Paxtakor" nima qilmoqchi?

Bugun o'zbek futboliga ajratilayotgan pullarning aksariyati futbolchilarning maoshlariga ketishini hammamiz yaxshi bilamiz.

 SHu kungacha ikkita to'g'ri loyihaga guvohi bo'lganmiz. Birinchisi Nuriddin Zayniev tomonidan Qashaqadaryo futbolida yaratilgan infrastruktura ikkinchisi Mirodil Jalolov tomonidan bunyod qilingan "Bunyodkor" stadioni. "Mashal", "Nasaf" va "Bunyodkor" akademiyalaridagi sharoit ortidan chiqqan ko'plab futbolchilar bugun terma jamoamizning asosiy tarkib o'yinchilari. Ularning asosiy raqobatchisi "Paxtakor" bo'lib, bu jamoa akademiyasiz bugun juda ko'plab futbolchilarni tarbiyalab boryapti. 

Yaqinda PFL tomonidan berilgan malumotda ham "Paxtakor"ni akademiya emas, futbol maktabiga ega klublar qatorida turganini ko'rdik. Bugun jamoa CHilonzor tumanidagi ikkita suniy maydonga ega kamtarona futbol maktabiga ega. Bilishimizga 15-20 kishi uchun mo'ljallangan mini yotoqxona qilingan. Ammo bu akademiya degan nom uchun kamlik qiladi. SHuning uchun ham OFK tasnifiga ko'ra jamoada uch yulduz maqomi mavjud emas. 

Klub endi bu kamchilikni bartaraf etmoqchi. Aniqrog'i "AKFA Group" kompaniyasi. Yaqinda "Paxtakor" aukcionga qo'yilgani va asosiy xaridor mazkur kompaniya ekanligi haqida xabar chiqdi. Ammo ommani bu axborotni noto'g'ri talqin qilishi ortidan o'tish bir muddatga to'xtatildi. Keyin Jahongir Ortiqxo'jaev asl maqsadi nima ekanligini bayon qildi, shundan keyin odamlar tushundi, bu erda umuman boshqa loyiha haqida gap ketgan. 


"AKFA Group" nima qilmoqchi?

1. Qibraydagi bazani zamonaviy holatga olib kelmoqchi.

2. "Paxtakor" uchun ikki bosqichda ishlaydigan zamonaviy futbol akademiya bunyod etmoqchi.

3. "Paxtakor" Markaziy Stadionini rekonstrukciya qilmoqchi.



Mana endi anglagan bo'lsangiz kerak nima uchun klub joriy mavsum transfer bozorida avvalgi yillarga qaraganda deyarli faollik ko'rsatmadi. SHundan bilsa bo'ladi, klub birinchi bo'lib o'zi uchun ancha yil xizmat qiladigan strukturani qurib olmoqchi. So'nggi 3 yilda futbol maktabiga berilgan etibor ortidan "Paxtakor" yoshlar jamoasi Superliga chempionligini qaytarib olganidan xabaringiz bor. Aynan shu yosh chempionlardan anchagina futbolchi Maksim SHackix bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rdi. Ular ichida 2006 yilda tavallud topgan ikki nafar futbolchilar Islom Anvarov va Dilshod Abdullaev. Ulardan bir yosh katta Nurlan Ibraimov, Saidumar Saidnurullaev. 2004 yilda tug'ilganlardan Muhammadali Usmonov va Muxriddin Pazlitdinov keyingi ikki yilda jamoaning asosiy o'yinchilari bo'ladigan holatga chiqayotganliklarini ko'rishimiz mumkin bo'ldi. Bu haqda Narzulla aka Saidumar Saidnurullaevni eslab qolish kerakligi haqida yozganlarini eslatib o'taman.



Mavzuga qaytaman. "Paxtakor" rahbariyatidan Dilshod Karimov, jamoaning sport direktori SHuhrat Maqsudov va bolalar futbolida katta loyihalarga mualliflik qilgan Nodirxo'ja Yuldashev Izmirdagi "Oltino'rda" akademiyasida bo'ldilar. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar ham berdi. Nima uchun jamoa aynan shu akademiyani tanlagani bilish qiyin emas. Bu jamoa haqida so'nggi yillarda bizning saytimizda ham ko'p malumotlar chiqqanidan ham u erdagi tizimni qanchalik to'g'ri yo'lga qo'yilganligini bilsa bo'ladi. 





Keyinchalik Nodiraka loyiha haqida o'z kanallarida yozdilar. Ular orqali o'zim uchun olgan malumotlarni endi yozib o'tsam "AKFA Group" akademiyani ikki bosqichda yo'lga qo'ymoqchi. Toshkentdagi CHilonzor tumanida joylashgan futbol maktabini 12 yoshgacha bo'lgan tarbiyalanuvchilar uchun ishlaydi. U erdagi suniy maydonni almashtirish bo'yicha allaqachon ish boshlab yuborilgan. Italiya texnologiyasi bilan tayyorlanayotgan suniy maydon eskisiga almashtiriladi. Yana bo'sh hududlarda 12 yoshgacha mo'ljallangan jismoniy mashqlar uchun zal, futzal maneji, ofis va malum bir kishiga mo'ljallangan yotoq. 


"Paxtakor" selekciyani rivojlantirish yo'lida Qoraqalpog'iston Respublikasidan tortib vodiygacha bo'lgan hududlarda ham o'z tizimini yo'lga qo'yadi. Demakki, "AKFA Group"ning maqsadi "Paxtakor" negizida Respublikada futbolni rivojlantirish. 12 yoshdan keyin Respublika bo'ylab tanlangan, "Paxtakor" falsafasi bilan o'sgan tarbiyalanuvchilar Qibraydagi yangi qurib bitkazilishi rejalashtirilayotgan akademiyaga maxsus tanlov asosida saralab olinadilar. Bu erda barcha zamonaviy sharoitlar bo'ladi va jamoa O'zbekiston chempionatlaridan tashqari xalqaro musobaqalarda muntazam qatnashadi. Jamoa murabbiylari doimiy ravishda bilimlarini Evropa metodikalari bilan yangilab boradilar. Eng og'riqli nuqtamiz bo'lgan darvozabonlar maktabiga asos solinishi kutilyapti va eng kerakligi jamoa akademiyasi Qibrayda 2 ta tabiiy, 2 ta suniy maydonga (bittasi manej) ega bo'ladi. SHu bilan birga 200 kishiga mo'ljallangan yotoqxona quriladi. Yotoqxonaning bir qismi akademiya uchun ishlasa, bir qismi Respublikadan tashrif buyuradigan akademiyalar uchun tashkil qilinadigan musobaqalarda ishlaydi. 



"Bugun Qozog'iston va Rossiyadan ko'plab jamoalar "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilarini o'zlari tashkil qiladigan musobaqalarga taklif qiladilar. Tabiiyki ularning aksariyat mezbon jamoaning hisobiga bo'ladi. Bizning maqsad ham shunday, akademiya qurib bitkazilganidan keyin MDH davlatlaridan, Turkiya va Evropadan yosh toifalariga qarab mehmonga chaqiramiz. Bu bilan nafaqat "Paxtakor" balki Respublikamizning boshqa akademiyalari ham o'sha kuchli klublarga qarshi maydonga chiqish imkoniyatiga ega bo'ladilar", - deydi klub matbuot kotibi Behzod Nazarov.


Qisqasi bu yuzaki surishtiruvlarim ortidan yozilgan maqola. Tez kunda jamoaning matbuot xizmati bilan loyiha bilan yaqindan tanishish uchun videoreportaj tayyorlashni maqsad qilganman.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика