So’nggi yangiliklar

18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  0 18:02"Кремонезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 17:26"Истиқлол" — "Гол Гохар". Машарипов қайтди  1 17:00"Дибба" — "Ал Васл". Таркиблар маълум  0 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  1 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2 15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  5 14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0 14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  9 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0

"Paxtakor" - "Neftchi" o'yini prevyusi Yangiliklar

"Paxtakor" - "Neftchi" o'yini prevyusi

Teglar :  PaxtakorNeftchi
Superliganing 4-turida "Paxtakor" Toshkentda "Neftchi"ni qabul qiladi.

Milliy chempionat tashkil etilganidan buyon oliy ligada muntazam ishtirok etib kelayotgan uch jamoadan ikkisining to'qnashuvi eng principial qarama-qarshilik sifatida etirof etiladi. Har ikki klub o'zaro o'yinlarda bir-biridan eng ko'p ochko tortib olgani buni tasdiqlaydi.

Jamoalar chempionatlar tarixida 52 o'yin o'tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 24 g'alaba, 8 durang va 20 mag'lubiyat. Raqib darvozasiga 87 to'p kiritgan "sherlar" 66 to'p o'tkazib yuborishgan.

Klublar O'zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o'tkazganlar va "Paxtakor" ularning 12tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda raqibning yutug'i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to'qnashuvi ro'y berib, ularda "Paxtakor" muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g'alabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do'rmonov o'zaro uchrashuvlarda 12 to'p kiritgan. SHuhrat Maqsudov esa har ikki jamoa tarkibida gol urgan yagona o'yinchi sanaladi.

"Paxtakor" va "Neftchi" o'rtasidagi o'zbekona mumtoz to'qnashuv 31 mart, shanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 20:00da boshlanadi. Stadionga tashrif buyuring va ajoyib o'yindan bahramand bo'ling!


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика