"Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvida bepul iftorlik tashkil etiladi
10 may 2019 12:50
Yangiliklar


"Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvida bepul iftorlik tashkil etiladi
Muxlislarni chempionat peshqadami va uchinchi o'rindagi jamoa o'rtasidagi shiddatli bahs kutmoqda. Sobiq futbolchilar SHota Arveladze Andrey Kanchelskisning o'zaro to'qnashuvi. 1992 yildan buyon o'tkazib kelinayotgan O'zbekiston chempionatining barcha mavsumlarida ishtirok etayotgan ikkita klub o'rtasidagi o'yin.
O'yin ertaga soat 19:45da "Paxtakor" Markaziy stadionida boshlanadi. Ayni paytda Ramazon oyi davom etmoqda va Toshkentda 11 may kuni 19:30da iftorlik vaqti bo'ladi.
"Paxtakor" klubi mamuriyati bu o'yinga keladigan ro'zador muxlislarga qulaylik tug'dirish maqsadida ularga bepul iftorlik tashkil etib berishga qaror qildi. SHu bois ertaga o'yinga borib, iftorlikni qaerda qilaman deb bosh qotirishga hojat yo'q. "Paxtakor"ga keling, bemalol iftorlik qiling va Superliganing markaziy o'yinlaridan birini stadionning o'zidan tomosha qiling.
Paxtakor Dragan CHeran - 20', Dragan CHeran - 53' |
Superliga. 8-tur 11/05/2019, 19:45 2
:
2
Tugadi
|
Navbahor Oston O'runov - 59', Abduzhamol Isroilov - 82' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar