“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvi prevyusi
25 apr 2018 10:01
Yangiliklar
“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvi prevyusi
8-tur bellashuvidan oldin biz jamoalar to'qnashuvlariga oid malumotlarni keltirib o'tamiz.
Oliy ligada jamoalar barcha mavsumlarda ishtirok etib kelishadi va hozirga qadar 52 uchrashuvda maydonga tushishgan. O'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlik yaqqol "SHerlar" tarafida. 34 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 6 bor raqib bilan durang o'ynagan va 12 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 91 gol urilib, 39 to'p o'tkazib yuborilgan.
Toshkentdagi uchrashuvlarning 23tasida jamoamiz g'alaba qozonib, 2 durang va 1 mag'lubiyatni qayd etgan. “Paxtakor” o'z maydonida oxirgi 20 o'yinning hammasida yutuqqa erishgan.
O'zaro o'yinlar tarixida qayd etilgan eng yirik natija - 7:0 hisobi jamoalarning Toshkentda 2009 yil o'tgan bellashuvida kuzatilgan. O'shanda "Paxtakor" mehmonlarni o'ta yirik hisobda dog'da qoldirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar