So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

"Paxtakor" - "Navbahor". O'zaro o'yinlardagi eng yirik hisob qanday bo'lgan? Yangiliklar

"Paxtakor" - "Navbahor". O'zaro o'yinlardagi eng yirik hisob qanday bo'lgan?

Superliganing uchinchi turida "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi diqqat markazida bo'lishi kundek ravshan.

Bugungi kunga kelib jamoalar o'rtasidagi raqobat nihoyatda yuqori darajaga chiqqan. Hech bir bahs oson o'tayotgani yo'q. Lekin tarixda jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlarda ko'pincha bir tomon favorit sifatida harakat qilar, hisoblar ham shunga yarasha ko'rinish olar edi. Jamoalar tarixidagi eng yirik hisob 2009 yilgi mavsumda qayd etilgan bo'lib, unda "sherlar" o'z maydonida raqibiga javobsiz 7ta gol urgan. Aleksandr Geynrix xet-trikka erishgan bo'lsa, Odil Ahmedov dubl qayd etgan. Yana ikki golga Farhod Tojiev va G'ulom Urunov mualliflik qilganini aytish joiz. 

Superliga-2009. 26-tur. 

PAXTAKOR - NAVBAHOR 7:0

Toshkent. "Paxtakor" stadioni, 2521 tomoshabin. 

Bosh hakam: Rustam Saidov

Gollar: Aleksandr Geynrix 4,42,48, Odil Ahmedov 24, 62, G'ulom Urunov 66, Farhod Tojiev 75 (penalti)

"Paxtakor": Erkin Jabborov, G'ulom Urunov (Alisher Azizov, 68), Murod Xolmuhammedov, Boyan Miladinovich, Akmal Xolmatov, Aleksandr Geynrix, Ildar Magdeev (Milan Nikolich, 46), Kamoliddin Tojiev, Odil Ahmedov, Ro'zimboy Ahmedov (Farhod Tojiev, 58), Ilhom Suyunov

"Navbahor": Botir Nosirov, Yuriy SHelenkov, Vladislav Kiryan, Otabek Pirmatov, Dilshod Jabborov, Timur Sultanov, Bahrom Yuldashev (Iskander Narzullaev, 46), Ilhom Boydedaev (G'ayrat Jo'raev, 78), Elmurod Nizomboev (Abdulaziz Sultonov, 46), Nosir Otaqo'ziev, Alisher Mahmudov


•“Navbahor”ning 2009 yilgi tarkibi azolari. 

Tepa qator (chapdan o'ngga): Dilshod Jabborov, Rahmatullo Berdimurodov,  Didar Hojiev, Yuriy SHelenkov, Bayramniyoz Berdiev.

Pastki qator: Guvanchmuhammad Ovekov, Maksim Belix, Vladislav Kiryan, Akmal Risqullaev, Muxtor Fozilov, Nosir Otaqo'ziev.                                                                            


• O'sha mavsumda "Navbahor"ni ikki nafar murabbiy boshqargan. Mustafo Bayramov va Sergey Kovshov. 


• Mavsum oxirida jamoa turnir jadvalida 16ta klub orasida 14-o'rinni egallagan. Kubok bahslarida ishtirokini "Paxtakor"ga (0:3) mag'lub bo'lib  1/8 finalda yakunlagan. 

• "Paxtakor" esa mavsumni Viktor Jalilov boshchiligida o'tkazgan. Superliga turnir jadvalida 2 pog'onanini egallab, kubok finalida Rivadosi bor, Skolari ustoz "Bunyodkor"ni mag'lub etib bosh sovringa ega chiqqan. 


Paxtakor

Farrux Sayfiev - 2', Dragan CHeran - 68'

Superliga. 3-tur

17/03/2023, 19:30

1
:
2
Tugadi

Navbahor

Temurxo’ja Abduxoliqov - 23'

45'
90'
2'  Farrux Sayfiev
2'  Xozhiakbar Alizhonov
6'  Doston Tursunov
22'  Farrux Sayfiev
39'  Odiljon Hamrobekov
63'  Diyor Xolmatov (Pshemislav Banashak)
68'  Dragan CHeran
68'  Farrux Sayfiev
85'  Azizbek Turg’unboyev (Dostonbek Hamdamov)
90'  Eldorbek Suyunov
90'  Sardor Sobirxo’jayev (Giorgi Papava)
23'  Temurxo’ja Abduxoliqov
27'  Oston O'runov
33'  Yovan ZHokich
52'  Luka CHermel
73'  Oston O'runov (Asadbek Sobirzhonov)
73'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Shohruz Norxonov)
75'  ZHasur YAxshiboev (Abror Ismoilov)
80'  Davron Hoshimov
82'  Jamshid Iskanderov (Farrux Ikromov)

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика