So’nggi yangiliklar

15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  0 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2

"Paxtakor" – "Navbahor" o'yinidagi penaltilar noto'g'ri belgilangan, "sherlar" futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatilishi kerak edi - Komissiya Yangiliklar

"Paxtakor" – "Navbahor" o'yinidagi penaltilar noto'g'ri belgilangan, "sherlar" futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatilishi kerak edi - Komissiya

O'zbekiston Coca Cola Superligasining 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Navbahor" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko'rib chiqildi.

Unga ko'ra, uchrashuvning 19-daqiqasida mezbonlar jarima maydoni ichida mehmonlarning 21-raqamli futbolchisi to'p uchun kurashda maydonga yiqiladi. Biroq ushbu vaziyatda o'yin qoidasi buzilmagan edi. Hakam ushbu vaziyatda o'yinni davom ettirishi kerak edi.

SHuningdek, uchrashuvning 71-daqiqasida mezbonlarning 88-raqamli futbolchisi mehmon jamoa muxlislariga qarata tosh uloqtiradi. Futbolchining ushbu harakatlari qizil kartochkaga loyiq edi. Hakam bu vaziyatda "Paxtakor" futbolchisini sportga xos bo'lmagan harakatlari uchun maydondan chetlashtirishi kerak edi.

Bundan tashqari, uchrashuvning 90+3-daqiqasida mezbonlar jarima maydonchasi ichida "Paxtakor"ning 88-raqamli va "Navbahor"ning 22-raqamli futbolchilari to'p uchun kurashgan vaqtda to'p mezbonlar himoyachisining qo'liga tegadi. Ushbu holatda ikkala futbolchi ham to'p uchun kurashayotgan bo'lgan va bu kabi holatlarda to'pning qo'lga tegishi qoida buzilishi sifatida qayd etilmaydi. Hakam ushbu vaziyatda o'yinni davom ettirishi kerak edi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan uchrashuv hakamlari harakatlari yuzasidan chora ko'rilishi uchun O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar qo'mitasiga taqdimnoma kiritilganini malum qilamiz.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика