So’nggi yangiliklar

15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  8 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  13 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  4 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  10 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1

"Paxtakor" - "Nasaf". Uchrashuv raqamlari va malumotlar Yangiliklar

"Paxtakor" - "Nasaf". Uchrashuv raqamlari va malumotlar

Teglar :  PaxtakorNasaf
19 iyun kuni "Paxtakor" oliy liga 14-turida "Nasaf"ni qabul qiladi.

Qarshiliklar ayni paytda turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turishibdi va o'rtadagi farq 5 ochkoni tashkil qilmoqda. SHu sababli bo'lajak uchrashuvda g'alabaning ahamiyati jamoamiz uchun juda muhim.

Hozirgacha tomonlar oliy ligada 40 o'yinda kuch sinashgan. "Paxtakor" 22, "Nasaf" 8 bellashuvda zafar quchgan. 10 uchrashuvda durang qayd etilgan. Jamoamiz 57 to'p kiritib, 31 gol o'tkazib yuborgan. Toshkentdagi 20 o'yinda 16 g'alaba, 3 durang va 1 mag'lubiyat kuzatilgan.

Bellashuvda Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlaydi.  Joriy mavsum ushbu referi jamoamiz ishtirokidagi o'yinni boshqarmagan.

"PAXTAKOR" - "NASAF"
Hakamlar:
Valentin Kovalenko (Toshkent), Abdulhamid Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Aleksandr Lupashko (Toshkent).
Nazoratchi: Farhod Abdullaev (Toshkent).
PFL vakili: Ahrol Inoyatov.

Yoshlar jamoalari o'yini 18 iyun, yakshanba kuni Qibraydagi stadionda 17:45da start oladi. Asosiy tarkiblar uchrashuvi 19 iyun, dushanba "Paxtakor" stadionida 19:00da boshlanadi.

Klubimiz ishqibozlar uchun mo'ljallangan ajoyib akciyasini davom ettiradi. 19 iyun kuni oliy liga 14-turida jamoamiz "Nasaf"ni qabul qiladi. Bellashuv "Paxtakor" stadionida 19:00da boshlanadi. Mazkur uchrashuvda "Paxtakor" stadioniga tashrif buyuradigan muxlislarni ajoyib sovg'alar kutmoqda. Mavsumiy abonement va chipta sotib olgan har bir ishqiboz "Omadli muxlis" sovrinli akciyasida ishtirok etib, esdalik sovg'alari sifatida 4ta "IPhone 7 32 Gb" va asosiy sovg'a sifatida "Damas" avtomobilini yutib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

CHiptalar 10 va 20 ming so'mdan stadion kassalarida sotuvga chiqariladi.

Uchrashuvga tashrif buyuring va "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlang!

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика