"Paxtakor" - "Nasaf". O'zbekiston Kubogi yarim finali prevyusi
26 sen 2019 12:07
Yangiliklar


"Paxtakor" - "Nasaf". O'zbekiston Kubogi yarim finali prevyusi
26 sentyabr kuni "Paxtakor" O'zbekiston Kubogi finaliga yo'llanma olish uchun "Nasaf"ga qarshi maydonga tushadi.
Jamoalar O'zbekiston Kubogida jami 16 marta to'qnash kelishgan. Ularning 6tasida "SHerlar" g'alaba qozongan bo'lsa, 5tadan bahsda durang va raqib g'alabasi kuzatilgan. "SHerlar" 25 to'p kiritgan holda darvozasidan 18 gol olib chiqqan. Kubok pley-off bosqichlarida 7 to'qnashuvning 4tasida "Paxtakor", 3tasida "Nasaf" navbatdagi bosqichga yo'l olgan. Yana ikki bahs final o'yinida kuzatilib, ularning ikkalasida ham "Paxtakor" 3:1 hisobida g'alaba qozongan. 2004 va 2011 yillari "Paxtakor" O'zbekiston Kubogiga qarshiliklarni mag'lub etish orqali ega chiqqan.
"Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi bahs 26 sentyabr, payshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar