"Paxtakor" markaziy stadionda tayyorgarlikni boshlab yubordi
16 mar 2015 15:38
Yangiliklar
"Paxtakor" markaziy stadionda tayyorgarlikni boshlab yubordi
Mashg'ulotlarda jamoaning barcha futbolchilari ishtirok etishdi. Qo'shimchasiga jarohatini tiklab borayotgan Jamshid Boltaboev ham asosiy tarkib bilan ishladi. Undan tashqari 1996 yilning yana bir vakili Javohir Sidiqov ham to'liq asosiy tarkibda mashg'ulot o'tkazdi. SHoyqulov, Sidorov kabi futbolchilar istagan paytda asosiy tarkibdan joy olishlari mumkin. Kengaytirilgan mashg'ulotlarda bu futbolchilarni ham ko'rdik.
"Paxtakor" muxlislariga yana bir yangilik, jamoa etakchisi Kamoliddin Tojiev tez orada mashg'ulotlarga qo'shilishi mumkin. Futbolchi malum qilishicha, gipsning bir qismi olib tashlangan. Qolgan yarmi ikki hafta ichida olinadi va himoyachi bir yarim oydan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytadi.
Avvalroq futbolchi olti oyga safdan chiqqanligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar