"Paxtakor" kumush medallar uchun kurashdan chiqdi
21 noy 2024 20:25
Yangiliklar


"Paxtakor" kumush medallar uchun kurashdan chiqdi
Yaqindagina Superliga 25-turi doirasida "Paxtakor" - OKMK uchrashuvi yakuniga etdi.
Unda mezbonlar 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. SHu orqali "Paxtakor" ushbu mavsumda kumush medallar uchun kurashdan chiqdi. "SHerlar" hisobida 38 ochko bor, 2-o'rindagi OKMKda esa 44 ochko.
Ayni damda kumush medallar uchun OKMKning imkoniyati yuqoriroq. So'nggi turda olmaliqliklar o'z maydonida "Qizilqum"ga qarshi bahs olib boradi.
SHuningdek, "So'g'diyona" va "Navbahor"da ham 2-o'rin uchun imkoniyatlar saqlanib qolgan. Namangan jamoasi ertaga "Qizilqum" mehmoni bo'lsa, jizzaxliklar o'z maydonida "Lokomotiv"ga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar