So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

"Paxtakor" kuchaymadi, "Nasaf" kuchsizlandi Yangiliklar

"Paxtakor" kuchaymadi, "Nasaf" kuchsizlandi

Teglar :  PaxtakorNasaf
So'nggi uch kundagi xabarlar qashqadaryolik muxlislarni karaxt ahvolga solib qo'ydi. Birin ketin "Nasaf"ning 4 nafar futbolchisi azaliy raqib safiga borib qo'shildilar.

Sal avvalroq jamoani sardori va vice-sardori "ajdarlar"ni "sherlar"ga almashtirgandi. Yakunda "Nasaf" kuchsizlangandek bo'ldi, ammo "Paxtakor" ular bilan kuchayib qolmadi. Aksincha Berdievning baxtiga Quvvatov va Eshmurodov ajoyib o'yin namoyish etdi. Yana "Nasaf"ni bu yilgi mazmunli o'yiniga sabab faqat futbolchilar emas, avvalo Berdievdagi intizom hamda uzoq muddatdan beri saqlanib kelinayotgan asosiy tarkib. Masalan biron o'yinchi "Nasaf"da o'yini chiqmay qolsa, deylik Sayfiev. Farruxni dastlabki yillarini eslaydigan bo'lsak, xushtakbozlik ostida o'tgan. Lekin Berdiev ishonishda davom etdi, ishonch futbolchini pishitadigan eng asosiy omil. Ming Messi bo'lmaysizmi, ishonch bo'lmasa bari bir pul. Faqat Akmal SHorahmedovni chetga surib turamiz. Kelganlar ichida faqatgina u rosmana O'zbekistonda ayni paytdagi eng yaxshi qanot himoyachisi va "Bunyodkor"dan ketishiga sabab uni o'yini emas, Lushan bilan bo'lib o'tgan voqealar sabab bo'lgandi. MTJda so'nggi yillarda ko'rinmay qolgani sababi Samvel Babayan edi.

Endi qolgan futbolchilarga to'xtatlsak, "Paxtakor"da ular legioner kabi bo'ladilar. Agar jamoaga kelganlar qatorida Bobur Abduxoliqov, Aziz G'aniev yoki Odil Hamrobekov bo'lganida boshqa edi. Bugun bo'lmasa, ertaga ular o'ynaydi desak. Lekin "Nasaf"dan "Paxtakor"ga o'tgan barcha futbolchilar yosh emaslar. "Paxtakor" ularni olishdan asosiy maqsadi 38ta tur bo'lishi kutilgan chempionat uchun zaxira o'rindig'ini kengaytirib olish va raqibni kuchsizlantirish bo'ldi. CHempionlikni vazifa qilayotgan klub uchun bu normal holat. Paytida "Bunyodkor" ham "Paxtakor"ni kuchsizlantirgandi. "Paxtakor" esa o'z paytida "Navbahor"ni. Lekin hozirgi vaziyatdan u holatlarni o'rtasida farq katta. "Navbahor"dan "Paxtakor"ga ko'chib o'tgan futbolchilar 19-22 yosh edilar. Bugungacha ular MTJ safida to'p tepdilar. "Paxtakor"dan "Bunyodkor"ga o'tgan futbolchilar eng kuchlilaridan biri edi chempionatni.


"Nasaf" bu o'radan 2 yil ichida qiynalmay chiqib keta oladi. CHunki yoshlar jamoada qoldi, aksincha o'rinbosarlar uchun yo'l ochildi. Aksincha "Paxtakor"ni o'rinbosarlariga yo'l yopildi. Katta taxmin bilan SHota Arveladzening yanvar - fevral oyida o'tkazadigan mashg'ulotlaridan keyin ko'plab futbolchilar ijara asosida jamoani tark etadilar.

Dilshod Rahmatullaevni chempionatdagi o'rtacha o'ynagan daqiqalari 48ni tashkil etayapti. Abduraximov uchun esa bu yoshda "Paxtakor"da javlon urishi uchun kamida 5 yoshga kichik bo'lishi kerak edi. Jamoa rahbariyati yana bir narsani unutmasligi kerak, "Paxtakor" so'nggi yillarda o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan, klub uchun jon beradigan futbolchilar evaziga natija qilib kelayotgan edi. 2014 yil juda katta muddat oylik olmasdan turib jamoa chempion bo'lgandi. Klub aynan shu falsafasidan chetga chiqib ketayotgani yomon, "Paxtakor"ni futbolchilar pul uchun emas, uni nishoni uchun tanlashlari kerak. Bu, bizning gap emas, bugungi kundagi "Paxtakor" muxlislarini nolasi. O'sha SHerzod Karimov paytida jonini berdi, biron xorij klubiga o'tmadi. Har safar biron jamoadan chaqiruv kelganida, boshqa o'yinchi ketayotgani sabab "qolib tur, kelasi safar sening navbating keladi", degan gaplarga, "Paxtakor" uchun jon berib yoshini o'tkazdi. Yaxshimi, yomonmi katta bo'lmagan pul uchun Davron Xoshimov ham jamoaga jonini berdi.

Sarlavhaga qaytamiz, "Paxtakor" zaxira o'rindig'ini kuchaytirib oldi, asosiy tarkibni emas. Qolganini vaqt ko'rsatadi, "Nasaf" esa shuncha salohiyati bilan qisqa muddatli shartnomalarni imzolashda davom etayotgani qiziq. SHu futbolchilar yoppasiga 2016 yil so'nggida "Bunyodkor"ga o'tayotgandi, o'shanda ham shartnoma yakuniga etgandi. Bu yil ham shunday bo'ldi. Aksiga olib kuni kecha "Nasaf" homiysining rahbariyatida rahbar o'zgardi. 2018 yilda pul bilan muammo bo'lmasligi aytilgan, ammo 4 yillik mehnat 3 kun avval barbod bo'lib ulgurgandi.


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика