So’nggi yangiliklar

09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  2 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  6 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  19 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  2 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0

"Paxtakor" Kapadzeni taklif etmoqchi Yangiliklar

"Paxtakor" Kapadzeni taklif etmoqchi

Yaqindagina "Lokomotiv"ning yoshlar jamoasi boshqaruvidan ketgan Temur Kapadzega poytaxtning boshqa klubi jiddiy qiziqmoqda.

Bizga malum bo'lishicha, Temur Kapadzening xizmatlariga "Paxtakor" klubi tomonidan qiziqish mavjud.

Klub yosh mutaxassisni yoshlar jamoasi bosh murabbiyi o'rnida ko'rmoqda. 

"Lokomotiv" yoshlari bilan yarim mavsum ishlagan va ayni paytda peshqadam bo'lib turishini taminlagan Kapadzening ishi "Paxtakor" rahbariyatida iliq taassurot qoldirgan. 

SHuningdek, "Paxtakor" yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga etishib chiqayotgan futbolchilar kamnamo va kerakli darajada emasligi rahbariyatni o'ylantirib qo'ygan. SHu boisdan ham Kapadze nomzodi o'rtaga chiqqan. Agarda klub tomondan rasmiy taklif bo'lsa va tomonlar muzokaralarda o'zaro kelisha olishsa, unda katta ehtimol Temur Kapadze sobiq klubi "Paxtakor"ning yoshlar jamoasi boshqaruvini qo'lga olishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 2017 yilgi mavsumdan keyin futbolchilik faoliyatini tugatgan Kapadze malum vaqt O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida to'rtta o'yinda ishladi va Senegal, Marokash, Eron va Urugvay singari jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdi. SHuningdek, joriy mavsumdan boshlab "Lokomotiv" yoshlarini boshqargan mutaxassis 13 o'yinda 8 g'alaba, 4 durang va 1 mag'lubiyat qayd etgan holda yosh "temiryo'lchilar"ni turnir jadvali peshqadamiga aylantirdi.

O'tgan haftada esa Kapadze o'z xohishiga ko'ra "Lokomotiv" yoshlar jamoasi boshqaruvidan ketishga qaror qilgandi.

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика