"Paxtakor": Ikkinchi yig'in boshlandi
05 jan 2015 12:21
Yangiliklar
"Paxtakor": Ikkinchi yig'in boshlandi
3 yanvar kunidan "Paxtakor" Qibrayda ikkinchi yig'inni boshladi.
Mashg'ulotlarda terma jamoa safida Osiyo Kubogida ishtirok etadigan Egor Krimec, Jamshid Iskanderov va Igor Sergeevdan tashqari barcha futbolchilar qatnashmoqda. Hujumchi Navro'z Olimov ham yig'inga qo'shildi. Kaxi Maxaradze esa shu haftada Gruziyadan Toshkentga qaytadi va mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshlab yuboradi. Yig'in 13 yanvar kuni yakunlanadi va 14 yanvarda jamoamiz Turkiyaning Antaliya shahriga o'quv-yig'in mashg'uloti uchun jo'nab ketadi. 8 yanvar kuni "Dinamo", 13 yanvarda "Metallurg" bilan Qibrayda nazorat o'yinlari bo'lib o'tadi. Har ikki bellashuv soat 12:00da boshlanadi.
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar