“Paxtakor” FK bolalarga sovg'alar ulashdi
01 iyu 2018 14:11
Yangiliklar
“Paxtakor” FK bolalarga sovg'alar ulashdi
“Paxtakor” futbol klubi bugun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolalar maktabi va mehribonlik uylarida sovg'alar ulashdi.
Dastlab, klub futbolchilari va mutasaddilari jismonan hamda aqlan zaif bolalar maktabiga tashrif buyurib, esdalik sovg'alari ulashdi. SHuningdek, klub bolalarga futbol o'ynashlari uchun maxsus futbol maydonini sovg'a qilishdi. Endilikda, ushbu maktab o'quvchilari ham ushbu maydonda futbol o'ynashlari va o'z mahoratlarini oshirib borishlari mumkin bo'ladi.
“Paxtakor” futbol klubi shuningdek, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bilan ham uchrashdi hamda ularga ham o'z sovg'alarini ulashdi. Bayram tadbirlari boshqa maktab va muassasalarda davom etmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar