"Paxtakor" faxriylari "Bunyodkor"dan ustun keldi
31 okt 2013 16:16
Yangiliklar


"Paxtakor" faxriylari "Bunyodkor"dan ustun keldi
Kecha "Dinamo" stadionida "Paxtakor" va "Bunyodkor" faxriylari Toshkent shahar chempionati doirasida maydonga tushishdi.
Uchrashuvda "Paxtakor" faxriylari sharafini No'mon Hasanov, SHuhrat Rahmonqulov, Ravshan Bozorov, Rustam Do'rmonov, Jasur Abduraimov, Furqat Esonboev va Murod Aliev singari sobiq futbolchilar himoya qilishdi. "Bunyodkor" safida esa Sergey Lushan, Azamat Abduraimov, Anatoliy Xutin, Alisher Bozorov kabi yaqin o'tmish yulduzlari to'p tepishdi. SHu kuni har ikki jamoa azolari ajoyib va chiroyli o'yin namoyish qilib, stadionga yig'ilgan muxlislarga futboldan zavqlanish imkoniyatini taqdim etishdi. Bu futbolchilar bir necha yillar avval stadionlarga muxlislar to'lishiga sababchi bo'lishardi. Keskin kurashlar ostida kechgan bellashuvda "Paxtakor" faxriylari 3:2 hisobida zafar quchishdi. Do'rmonovning dubli va Hasanov tomonidan kiritilgan to'p faxriylarimizga g'alaba keltirdi. Lekin eng muhimi, o'yindagi natija emas, balki muxlislarning sobiq o'yinchilar mahoratidan yana bir bor bahra olishgani bo'ldi.

Fikrlar