"Paxtakor" endi "Instagram" va "Facebook"da
31 jan 2014 08:04
Yangiliklar


"Paxtakor" endi "Instagram" va "Facebook"da
"Paxtakor" futbol klubi ishqibozlar bilan yanada yaqin bo'lish, ularni klub faoliyatga oid turli yangilik va voqealardan xabardor qilish maqsadida "Instagram" va "Facebook" ijtimoiy tarmoqlarida rasmiy sahifalari ochilganini malum qiladi.
"Instagram"da Pakhtakor_fc profiliga azo bo'lib, klub va jamoalar faoliyati, uchrashuvlaridan olingan turli fotosuratlar bilan tanishib borishingiz mumkin. "Facebook"dagi Pakhtakor football club sahifasi esa muxlislar jamoa yangiliklari bilan tanishib borish, shuningdek, turli masalalar yuzasidan o'z fikrlarini qoldirish imkoniyatiga egalar. "Twiiter" tarmog'ida fc_pakhtakor profili ko'pdan buyon klubdagi yangiliklar haqida xabar berib kelmoqda. Sevimli jamoangiz to'g'risida eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring. Biz bilan birga bo'ling va "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlang!

Fikrlar