"Paxtakor" derbida "Bunyodkor"ni mag'lub etdi
31 may 2015 20:47
Yangiliklar


"Paxtakor" derbida "Bunyodkor"ni mag'lub etdi
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Gol: I.Sergeev 69 (pas K.Maxaradze)
"Paxtakor":
Aleksandr Lobanov, Aleksandr Merzlyakov, Egor Krimec, Adnan Oraxovac,
Davron Hoshimov, Akbar Ismatullaev, Kaxi Maxaradze (s), Vladimir Kozak,
SHerzod Karimov (Anvar Soliev 80), Igor Sergeev, Bahodir Pardaev
(Stanislav Andreev 46).
Zaxira: Nikita Ribkin, Murod Xolmuhammedov, Jaloliddin Masharipov, Alisher Mirzaev, Rogovanov, Jamshid Iskanderov.
"Bunyodkor":
Murod Zuhurov, Akmal SHorahmedov, Xayrulla Karimov ( Artyom Filiposyan,
84), Ivan Miloshevich, Obid Jo'raboev, SHaker Zuagi ( Samir Bekrich 61),
Javlon Ibrohimov, Sato Minori, Sardor Sobirxo'jaev, Sardor Rashidov, Temur
Ayupov (Mirzohid G'ofurov 60)
Zaxira: Pavel Bugalo, Anvar G'ofurov,, Anvar Berdiev, Farhod Namozov.
MATNLI TRANSLYACIYA
Uchrashuv yakunlandi, "Paxtakor" peshqadamlikni davom ettiradi.
90+2. Sergeev o'rniga Xolmuhammedov maydonga tushdi.
90+1. Miloshevich Sergeevga nisbatan qo'pol o'ynadi.
85. Yana xavfli vaziyatttt!!! Anvar Solievning zarbasini yana Zuhurov qaytarib qoldi.
84. "Bunyodkor"da o'zgarish. Hayrulla Karimov o'rniga Filiposyan maydonga tushdi.
82. Sardor Sobirxo'jaevga ogohlantirish.
80. Mezbonlarda o'zgarish. Karimov o'rniga Soliev maydonga tushdi.
75. Xavfli vaziyayayayattt... Zarbaaa... Bekrich hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo, legioner futbolchi bu vaziyatda aniq zarba yo'llay olmadi...
69. GOOOOOOLLLL!!!! IGOOOOOR SERGEEEVVV! Maxaradzening etkazib bergan to'pini hujumchi bir aylanib raqib darvozasiga chap oyoqda joylab qo'ydi!
63. Satooooo... Bu vaziyatda Minoriga nisbatan qo'pollik ishlatilgandek ko'rindi. Biroq hakam penalti bermaslikni lozim topdi.
55. Andreevning jarimadan bergan zarbasi noaniq. To'p himoyachilarning qo'liga tekkani uchun jarima zarbasi berilgandi.
Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda!
Tanaffus!
Birinchi bo'lim yakunlandi!
36. Hoshimov Rashidovga zarba berish uchun halal berdi. Aks holda Sardordan chiroyli zarba ko'rishimiz mumkin edi.
25. Navbatdagi standard vaziyat. Yana Hayrulla Karimov Pardaevga nisbatan qo'pol harakat qildi.
18. "Bunyodkor" futbolchilari yana o'yindan tashqari holatda...
14. "Bunyodkor" futbolchilaridan havfli hujum. Biroq, Oraxovacning say harakatlari evaziga hujum bartaraf etildi. Aks holda mehmonlarning ikki nafar futbolchisi Lobanov qarshisida tayyor turgan edi.
10. Mezbonlar pressing evaziga to'pni raqibdan olib qo'yishga urinmoqdalar.
7. Hayrulla Karimov maydon markazida Pardaevga nisbatan to'p uchun kurashda qo'pollik ishlatdi.
2. Dastlabki burchak zarbasini mezbonlar amalga oshiradilar. Biroq, uzatib berilgan to'p Ismatullaevning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.
1. O'yin boshlandi!
Toshkent derbisida kimning qo'li baland kelarkin? Buni 2 soat ichida bilib olamiz!
Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari! Turning markaziy uchrashuvidan matnli translyaciyani boshlaymiz!

Fikrlar