"Paxtakor" chempionatda 550-g'alabasini qo'lga kiritdi
29 may 2019 13:04
Yangiliklar


"Paxtakor" chempionatda 550-g'alabasini qo'lga kiritdi
AGMK ustidan qozonilgan yutuq "Paxtakor" uchun O'zbekiston chempionatlari tarixida 550-g'alabaga aylandi.
Hozirgacha 812 uchrashuvda maydonga tushgan "SHerlar" ularning 550tasida zafar quchishgan. 132 durang va 130 mag'lubiyat kuzatilgan. Raqib darvozasiga 1805 gol uriib, 690 to'p o'tkazib yuborilgan. 1800-golni Marat Bikmaev "Andijon" darvozasiga kiritdi. O'shanda u hisobni 2:0ga etkazgandi.
"Paxtakor" jamg'argan ochkolar soni jami 1782taga etdi. Bu borada "Paxtakor" yaqin taqibchisi "Neftchi"ni katta farq bilan ortda qoldirmoqda. Farg'onaliklar hisobida 1545 ochko bor. "SHerlar" bir o'yinda o'rtacha 2,195 ochkoni qo'lga kiritishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar