"Paxtakor" - "Buxoro" 1:1

Aslanov Jasurbek
25 fev 2017, 14:45
Yangi mavsum oldidan oxirgi nazorat uchrashuvida jamoamiz durang o'ynadi.

"Buxoro" bilan kechgan qiziqarli bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Dastlab mehmonlar Ne'matovning zarbasidan so'ng oldinga chiqqan bo'lsalar, Sergeev muvozanatni tikladi. Shu tariqa 2017 yilgi mavsumga tayyorgarlik yakunlandi. 3 mart kuni 

"Paxtakor" oliy ligani Toshkentda "Qizilqum"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

"Paxtakor" - "Buxoro" - 1:1

"Paxtakor": Lobanov, Andreev, Kozak, Oraxovac, Hoshimov, Ismatullaev, A.Ahmedov, Karimov, Sohibov (Ibrohimov, 31; G'anixonov, 59), Iskanderov, Sergeev.

Gollar: Sergeev 83 - Ne'matov 53.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz