

Superliga. 15-tur
“Dinamo” – “Neftchi” 0:0
Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov
Zaxira hakami: To'rabek Suyunov
VAR hakami: Nikita Mustafin
AVAR hakami: Avaz Abdullaev
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Komissar: Qudrat Madraimov
"Dinamo": 1. Edem Nemanov, 3. Mixail Shtefan, 7. Sanjar Qodirqulov, 10. Anvarjon Xojimirzaev (21. Jahongirbek Abdusalomov, 62), 19. Tigran Avanesyan (15. Rasul Yo'ldoshev, 62), 20. Jaloliddin Jumaboev, 25. Oybek O'rmonjonov (11. Xislat Xalilov, 84 (14. Bahodir Nasimov, 90), 26. Marko Stanoevich, 30. Xaris Xaydarevich (4. Nurillo To'xtasinov, 62), 37. Firdavs Abdurahmonov, 77. Behruzbek Oblaqulov.
Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 2. Artyom Radaev, 17. Salim Mustafaev, 18. Raul Jeparov.
"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Ciger, 5. Ikromjon Aliboev (30. Rustambek Fomin, 84), 6. Ibrohimxalil Yo'ldoshev, 8. Vladimir Yovovich (77. Juraniy Fransisko Ferreyra, 63), 9. Xurshid G'iyosov (2. Izzatillo Po'latov, 84), 10. Jamshid Iskanderov, 15. Nurmuhammad Abdug'aniev (22. Alisher Odilov, 46), 20. Anvarjon G'ofurov, 32. Zoran Marushich, 34. Farruh Sayfiev.
Zaxira: 45. Akbar To'raev, 18. Stipe Perica, 19. Azizbek Erimbetov, 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 27. Nurbek Sarsenbaev.
Ogohlantirishlar: Nurmuhammad Abdug'aniev (16), Firdavs Abdurahmonov (43), Izzatillo Po'latov (88)
🏁 90+4' O'yin yakunlandi!
Bugungi shiddatli va murosasiz kechgan bahsda hisob ochilmadi. "Dinamo" hamda "Neftchi" jamoalari murosa yo'lini tanlab, ochkolarni teng bo'lishib olishdi.
⏱️ 90+1' Ikkinchi bo'limning asosiy vaqti tugadi. Bosh hakam tomonidan uchrashuvga 4 daqiqa qo'shimcha vaqt qo'shib berildi!
Shiddatli va keskin kechayotgan bahsda jamoalarda g'oliblikni ilib ketish uchun so'nggi imkoniyatlar qolmoqda.
📺 90' VAR aralashuvi! Bosh hakam bahsli vaziyatni shaxsan VAR monitori orqali qayta ko'rib chiqdi va yakunda dastlabki qarorini o'zgarishsiz qoldirdi. O'yindagi hayajonli va keskin daqiqalar davom etmoqda!
🟨 88' "Neftchi" a'zosi Izzatillo Po'latov maydonga tushganidan ko'p o'tmay, qo'pol o'yini uchun hakam tomonidan ogohlantirildi va sariq kartochka bilan jazolandi.
O'yin oxirida asablar va keskinlik ortib bormoqda!
🔄 84' Maydonda bir yo'la uchta o'zgarish sodir bo'ldi!
"Dinamo" tarkibida:
Oybek O'rmonjonov maydonni tark etdi, uning o'rniga Xislat Xalilov bahsga qo'shildi.
"Neftchi" safida:
Ikromjon Aliboev o'rniga Rustambek Fomin maydonga tushdi;
Xurshid G'iyosov o'rniga Izzatillo Po'latov o'yinga kuch qo'shdi.
Ikkala murabbiy ham so'nggi daqiqalarda o'yin taqdirini o'z foydasiga hal qilish uchun yangi futbolchilarni maydonga tashlamoqda!
⚠️ 79' "Dinamo"dan navbatdagi xavfli hamla! Oybek O'rmonjonov jarima maydonchasi ichida qulay imkoniyatga ega bo'ldi va darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi, ammo to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi. Mehmonlarning bosimi ortib bormoqda!
⚠️ 70' "Dinamo"dan xavfli kombinacion hujum! Oybek O'rmonjonov raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni olib chiqqan darvozabon Botirali Ergashevning ustidan oshirib darvozaga yo'llashga urindi, ammo zarbaga bir oz aniqlik yetishmadi.
🔄 67' "Neftchi" safida navbatdagi rotaciya: Zoran Marushich maydonni tark etdi va uning o'rniga Stipe Perica bahsga qo'shildi.
🔄 63' "Neftchi" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Vladimir Yovovich maydonni tark etdi, uning o'rniga Juraniy Fransisko Ferreyra o'yinga qo'shildi.
🔄 62' "Dinamo" tarkibida bir yo'la uchta o'zgarish amalga oshirildi:
Tigran Avanesyan maydonni tark etdi, uning o'rniga Rasul Yo'ldoshev o'yinga qo'shildi;
Xaris Xaydarevich o'rniga Nurillo To'xtasinov maydonga tushdi;
Anvarjon Xojimirzaev o'zini Jahongirbek Abdusalomovga bo'shatib berdi.
🔥 57' Xavfli vaziyat! "Neftchi" hujumchisi Xurshid G'iyosov "Dinamo" jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvoza tomon zarba yo'lladi. "Dinamo" posboni Edem Nemanov oyog'i bilan ajoyib seyv ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi!
📐 56' "Neftchi" o'ng qanotdan xavfli uzatmani amalga oshirdi. "Dinamo" himoyachisi Mixail Shtefan o'z o'rnida ishonchli o'ynab, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi va xavfni bartaraf etdi.
▶️ 46' Ikkinchi bo'lim boshlandi! "Neftchi" tarkibida tanaffusda o'zgarish amalga oshirildi: Nurmuhammad Abdug'aniev maydonni tark etdi, uning o'rniga Alisher Odilov o'yinga qo'shildi.
⏸ 45+2' Birinchi bo'lim yakunlandi! Jamoalar tanaffusga 0:0 hisobidagi durang bilan yo'l olishmoqda.
⏱ 45' Birinchi bo'limga bosh hakam tomonidan 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
🟨 43' "Dinamo" a'zosi Firdavs Abdurahmonov raqib yarim himoyachisi Ibrohimxalil Yo'ldoshevni libosidan tortib, qoidani buzdi. Bosh hakam ushbu qo'pollik uchun maydon egalari futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatdi.
⚡ 41' "Neftchi" chap qanotdan xavfli hujum uyushtirdi. Jarima maydoni markaziga uzatilgan to'pni Zoran Marushich darvoza tomon yo'lladi, ammo "Dinamo" posboni Edem Nemanov o'z o'rnida to'pni egallab oldi.
⚡ 38' "Dinamo"dan navbatdagi hujum! Anvarjon Xojimirzaev chap oyog'i bilan darvozaga zarba yo'lladi. Ammo "Neftchi" posboni Botirali Ergashev to'pni ishonchli tarzda ushlab oldi.
⚠️ 35' "Dinamo"ning burchak to'pidan so'ng raqib jarima maydonchasida bosim ortdi. Samarqandliklar tomonidan ketma-ket berilgan zarbalarni "Neftchi" himoyachilari bartaraf etishdi.
🧤 29' "Neftchi" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov jarima maydonchasi ichidan darvozaga uzatma yoki zarba yo'lladi. Ammo "Dinamo" posboni Edem Nemanov o'z o'rnida ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi.
🛑 25' "Neftchi" hujumchisi Zoran Marushich ikki nafar himoyachini ortda qoldirib, oldinga yorib kirishga urindi. Ammo "Dinamo" himoyachilari ishonchli o'ynab, xavfni bartaraf etishdi.
⚡ 18' "Neftchi"dan xavfli hujum! Jamshid Iskanderovning ajoyib uzatmasidan so'ng Xurshid G'iyosov qulay vaziyatga chiqib bordi va o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, erlatib zarba yo'lladi. Ammo to'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi.
🟨 16' Uchrashuvdagi ilk ogohlantirish! "Neftchi" a'zosi Nurmuhammad Abdug'aniev raqib futbolchisi Oybek O'rmonjonovni fol ishlatib to'xtatib qolgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
🎯 15' "Dinamo" a'zosi Oybek O'rmonjonov olis masofadan chap oyog'i bilan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Biroq to'p darvoza to'sinining yuqorisidan o'tib ketdi.
⚠️ 7' "Dinamo" tomonidan yana bir xavfli vaziyat tashkil etildi. Anvarjon Xojimirzaevning burchakdan uzatib bergan to'pini Jaloliddin Jumaboev bosh bilan raqib darvozasiga yo'lladi. Ammo zarbadan so'ng to'p ustunning yonginasidan o'tib ketdi.
⚡ 6' "Dinamo"dan xavfli vaziyat! Maydon egalari hujumchisi Anvarjon Xojimirzaev raqib darvozaboni Botirali Ergashev bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Uning yo'llagan zarbasini "Neftchi" posboni qaytarishga erishdi, to'p esa ustun yonginasidan maydonni tark etdi.
▶️ 1' Uchrashuvga start berildi. Bosh hakam xushtagini chalib, o'yinni ochiq deb e'lon qildi.
Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Maydon egalari "Dinamo" jamoasi oq rangli liboslarda, mehmonlar "Neftchi" a'zolari esa sariq-qora liboslarda harakat qilishadi.



