So’nggi yangiliklar

16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  0 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  3 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0

“Paxtakor” – “Bunyodkor”. Videoprevyu Yangiliklar

“Paxtakor” – “Bunyodkor”. Videoprevyu

12 avgust kuni mamlakat kubogi yarim finali birinchi uchrashuvlari doirasidagi “Paxtakor” – “Bunyodkor” uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bungacha kubok doirasida Toshkentning ikki grand klubi bir-birlari bilan besh bor ro'baro' kelishgan. “Paxtakor” va “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda ikkitadan g'alaba qozongan bo'lsalar, bitta bahsda kuchlar teng keldi. To'plar farqi – 7:4, “qaldirg'ochlar” foydasiga.

“Paxtakor” va “Bunyodkor” kubok doirasidagi birinchi bor 2007 yilgi mamlakat kubogining finalida kuch sinashishgan. O'zbek futboli tarixida “loy jangi” nomi bilan esda qolgan ushbu bahsda penaltilar seriyasida “paxtakorchilar” g'alaba qozonishgandi. Oradan bir yil o'tib, “Paxtakor” va “Bunyodkor” yana kubok finalida uchrashishdi. Bu safar “qaldirg'ochlar” 3:1 hisobida g'olib chiqishdi. 2009 yilda ham hal qiluvchi final bu ikki jamoa o'rtasi o'tdi. Ketma-ket uchinchi finalda “sherlar” 1:0 hisobida ustun kelishdi. SHundan keyin 2012 yilgi kubok bahslarining yarim finali yana princpial raqiblarni uchrashtirdi. “Jar”dagi bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, “Paxtakor” maydonida kechgan javob uchrashuvida “Bunyodkor” g'alaba qozona oldi – 3:1.

2015 yilgi mamlakat kubogi yarim finali doirasidagi birinchi bahs mezbonligi quraga ko'ra “Paxtakor” jamoasiga nasib etdi. Bahs 12 avgust, chorshanba kuni “Paxtakor” markaziy stadionida soat 19:00da boshlanadi. Uchrashuvni Viktor Serazetdinov boshchiligidagi poytaxtlik hakamlar guruhi boshqarib borishadi.

Quyidagi havolalarda “Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoalarining kubok doirasidagi o'zaro o'yinlarida kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика