So’nggi yangiliklar

09:27Sofascore. «Ал Фaйҳа» дуранг ўйнаган баҳсда Шукуров қандай баҳо олди?  0 08:58Маркус Рэшфорд қайси жамоага ўтиш нияти борлиги айтилди  0 08:29«Реал» Алонсо учун «Байер»га қанча товон пули тўлаши маълум бўлди  0 08:00Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган илк клуб аниқ  0 07:31Саудия Арабистони чемпионати. Шукуров жамоаси сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  2 02:33ЛаЛига. "Атлетико" ва "Бетис"дан йирик ғалабалар  0 01:58"Милан"нинг Италия Кубоги финалидаги рақиби аниқ бўлди  2 01:00Паслар даҳоси: Хавининг Эл-Класикодаги энг яхши 5 ўйини  9 00:39Райан Гиггз Роналдунинг МЮдаги илк йилларини эслади  12 00:11Бернарду Силва: "У "Манчестер Сити" тарихидаги энг яхши футболчи"  2 23:47"Реал" Винисиуснинг ўрнига футболчи топиб қўйган  6 23:18ЛаЛиганинг апрель ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  2 22:53"Бухоро" — "Машъал" учрашуви қаерда бўлади?  6 22:35"Арал" Про-лигада ўз майдонида сўнгги марта қачон мағлуб бўлганди?  0 22:04"Олимпик" илк ғалабасини Қорақалпоғистонда қайд этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

"Paxtakor" - "Bunyodkor" o'yini chiptalari sotuvidan tushgan mablag' Nikolay SHirshovning oilasiga o'tkazib beriladi Yangiliklar

"Paxtakor" - "Bunyodkor" o'yini chiptalari sotuvidan tushgan mablag' Nikolay SHirshovning oilasiga o'tkazib beriladi

Superliga 13-turida "SHerlar" Toshkent derbisida "Bunyodkor" bilan maydonga tushadi.

Uchrashuv 29 iyun kuni "Paxtakor" stadionida soat 20:00 da boshlanadi. Mazkur bellashuvda muxlislar xarid qilgan chiptalardan tushgan mablag' to'lig'icha jamoamizning afsonaviy futbolchilaridan biri Nikolay SHirshovning oilasiga o'tkazib beriladi. SHirshov o'tgan yil oxirida hayotdan ko'z yumgandi. "Paxtakor" futbol klubi chorshanba kungi bahsda stadionga tashrif buyurishni va o'zbek futboli afsonalaridan birining oilasini qo'llab-quvvatlashga o'z hissangizni qo'shingizni so'rab qoladi.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor"ning sobiq futbolchisi Nikolay SHirshov 2021 yil vafot etgandi. 

1992-99 yillar mobaynida jamoa safida chempionatlarda 171 o'yinda maydonga tushgan SHirshov chap qanot himoyasidagi ajoyib o'yini bilan muxlislar mehrini qozongandi. U "Paxtakor" bilan ikki karra O'zbekiston chempioniga aylanib, ikki marta O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan. "Paxtakor"dan so'ng ko'p yillar "Rostov"da o'ynab, jamoa afsonalaridan biriga aylangan. SHuningdek terma jamoadagi o'yinlari bilan ham hanuz ko'pchilikning yodida qolgan.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика