So’nggi yangiliklar

02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  1 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  11 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  1 00:55Расман: Гави жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  3 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  2 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  2 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  2 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  13 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  47 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  2 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  9 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  7

"Paxtakor" - "Bunyodkor". Jeparov, Murzoev va Abduraimov derbidan oldin qanday fikrda? Yangiliklar

"Paxtakor" - "Bunyodkor". Jeparov, Murzoev va Abduraimov derbidan oldin qanday fikrda?

Xabaringiz bor, Coca Cola Superliga 5-turidan o'rin olgan Toshkent derbisida "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalari o'zaro kuch sinashadilar.

Turning markaziy o'yiniga qiziqish katta bo'lishi tabiiy. "Paxtakor" Jizzaxdagi mag'lubiyat o'rnini to'ldirish uchun ham ikki hissa kuch bilan harakat qiladi. "SHerlar" mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlash uchun ham ertaga faqat g'alaba uchun maydonga tushishadi. Ularni boshqa natija qoniqtirmasligi aniq. Vadim Abramov qo'l ostidagi jamoada hozircha barchasi joyida deyishga erta. "Qo'qon-1912" bilan bahsda ko'rdikki, "qaldirg'ochlar" uyushtirilayotgan hujumlarga yakuniy nuqtani qo'yishda oqsashmoqda. Xullas, gapirsa gap ko'p. Bu borada o'z vaqtida mahoratli futbolchi bo'lgan, bugungi kunda futbolimizda tajribali mutaxassis sifatida tilga olinayotgan Azamat Abduraimov, Kamoliddin Murzoev va Server Jeparovlarning derbi oldidan bildirgan tahmin va fikrlariga quloq tutamiz.

"Ertangi derbi kutilganidan qiziqarli kechishini tahmin qilyapman. Ayniqsa, "Paxtakor" Jizzaxdagi kutilmagan mag'lubiyat sababli ikki barobar motivaciya bilan o'ynaydi. "Bunyodkor" eng yaqin raqobatchisi bilan 6 ochkolik o'yinda g'alaba qozonib sovrinli o'rinlar uchun katta qadam tashlashi mumkin. "Sug'diyona"ning sensaciyasi jamoalarning mavqei va egallab turgan o'rnidan kelib chiqib aytilgan gap.   Aslida o'sha kuni Ulug'bek Baqoev shogirdlari barchaning imkoniyatlari teng ekanligini ko'rsata oldi.Karantindan so'ng deyarli barcha jamoalar bir xil darajaga tushdi. Ertaga kimda xohish kuchli bo'lsa va harakat qilsa o'sha jamoa g'alaba qozonadi. Derbilarda futbolchilar kuchni tejab o'ynamaydi, borini beradi. Arveladze va Abramovning o'ziga yarasha qarashlari bor. Ikki mutaxassis ham hujumkorlikni yaxshi ko'radi. Bir-biriga atab qo'ygan yashirin sovg'alari bo'lishi ham mumkin",- deydi Kamoliddin Murzoev.


"Qisqacha fikr bildirishim mumkin. Hozirda Superliga jamoalari optimal sport formasida emas. Toshkent derbisida favorit ko'ramayapman. Ikki jamoaning imkoniyatlari teng",- deydi Server Jeparov.


"Aslida o'tgan turda ikki jamoa ham durang natija qayd etishlari mantiqqa to'g'ri kelardi. "Bunyodkor"ga omad kulib boqdi. "Paxtakor"ga esa safardan bir ochko bilan qaytishiga hakamlar to'sqinlik qildi. Ular ikkita yaqqol penaltini belgilamadilar. "Paxtakor" doskada raqibini mag'lub etib bo'lgandi. Lekin, maydonda "Sug'diyona" futbolchilarida xohish ustunlik qildi. Birgina Jaloliddin Masharipovning raqib himoyasini yorib o'tishga urinishlari samara bermadi. Darvoqe, futbolchilar uzoq tanaffusdan so'ng o'yin ritmidan chiqib ketganini aytish joiz. Bo'lajak uchrashuv haqida gapiradigan bo'lsam,"Paxtakor" va "Bunyodkor" o'rtasidagi bellashuvlar doim murosasiz va keskinligi bilan ajralib turgan. Bu safar ikki jamoaning ochkolari bir xil, turnir jadvalida yonma-yon ketishmoqda. Tarkib va o'yinni tashkil qilish jihatdan "sherlar" favorit. Arveladzening zaxira o'rindig'i Abramovnikidan kuchliroq. Sadriddin Abdullaev, Javohir Sidiqovlarning qaytgani ham mezbonlarning foydasiga ishlashi turgan gap. Hujum chizig'ida o'zgarishlar ko'rishimiz ehtimoli yo'q emas. O'zimni qadrdon jamoam "Paxtakor" ushbu bahsda uch ochkoni qo'lga kiritadi",- deydi Azamat Abduraimov.


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика