So’nggi yangiliklar

16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  0 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  0 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  1 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  2 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  9 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1

"Paxtakor" - biz uchun mavsumoldi tayyorgarlikdagi eng kuchli raqib - "Qayrat" yarim himoyachisi Guljigit Aliqulov (intervyu) Yangiliklar

"Paxtakor" - biz uchun mavsumoldi tayyorgarlikdagi eng kuchli raqib - "Qayrat" yarim himoyachisi Guljigit Aliqulov (intervyu)

Noqulay ob-havo va ikki mamlakat futbolini taqqosladik.

"Qayrat" va Qirg'iziston terma jamoasi yarim himoyachisi Guljigit Aliqulov Championat.Asia'ga intervyu berdi va unda Jasur Jaloliddinov bilan do'stligi, noqulay ob-havo, ikki mamlakat futboli va "Paxtakor"ga qarshi bo'lajak o'yindan nimalar kutayotganini bo'lishdi.


- O'yindan nima kutyapsiz? "Qayrat" o'yinchilarida qandaydir o'zgacha tayyorgarlik bormi?

- Bu biz uchun juda principial o'yin. Bundan tashqari, bu yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi so'nggi o'yin. Biz "Paxtakor"ning mavsumoldi tayyorgarligidagi eng kuchli raqib bo'lishini tushunamiz. Jamoadagi barcha ertangi o'yinga tayyor, nimalarga qodirligimizni va mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rganimizni ko'rsatishimiz kerak. "Paxtakor"da ko'plab kuchli va tajribali o'yinchilar bor, bu biz uchun juda sifatli sparring bo'ladi.

- Qirg'izistondansiz, Qozog'istonda o'ynaysiz va O'zbekistondan jamoalar bilan to'qnash kelgansiz. Balki qozoq va o'zbek futbolini solishtira olarsiz?

- Ikki bor O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'ynaganman, oldin Superliga o'yinlarini kuzatganman. Ammo, solishtirish qiyin, sababi Qozog'iston UEFAga, O'zbekiston esa OFKga kiradi. Qozog'iston klublari evrokuboklarda o'ynashadi, o'zbek jamoalari esa OFK CHempionlar ligasi va OFK kubogida yaxshi ishtirok etishadi. O'zbekistonda maydonlar yaxshiligini aniq aytishim mumkin - hamma erda tabiiy chim.



- Uslub bo'yicha solishtira olasizmi? Ko'plar o'zbek futboli ko'proq texnikaga urg'u beradi, qozoqlarnikida esa ko'proq jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratiladi deb hisoblaydi.

- Agar Qozog'iston Premer-ligasining top-klublari bilan taqqoslasak, farq yo'q. U erda ham texnika bilan barchasi joyida. O'zbekistonda hozirda "Nasaf"ning etakchilardan biri ekanligini bilaman va ko'plab o'yinlarni ko'rganman. Ko'rganlarimdan va O'zbekiston terma jamoasining qanday o'ynashidan kelib chiqsak, o'yinchilar haqiqatdan ham juda texnikaga boy. SHu bilan birga ularda jismoniy holat bilan muammo bor demagan bo'lardim. SHu sabab, aytganimdek, katta farq yo'q.

- O'yin kuni noqulay ob-havo bo'lishi aytilmoqda. Bu o'yinchilarga sifatli futbol ko'rsatishga halaqit bermaydimi?

- Biz Olmaotada bunday ob-havoga ko'nikkanmiz (kuladi). Ehtimol bu "Paxtakor"ga ko'proq halaqit berar, sababi sizlarda ob-havo iliqroq. Bu erga kelganimizda farqni sezdik. Ammo, baribir professionallarmiz va har qanday sharoitda ham o'ynashga tayyormiz.



- "Qayrat"da Jasur Jaloliddinov bilan o'ynagansiz. U haqida nima deya olasiz va sizningcha nega jamoada o'rnini topa olmadi?

- Jasur – ajoyib o'yinchi va zo'r inson. U bilan haligacha do'stmiz va gaplashamiz. U "Qayrat"ga kelishi bilanoq, uni juda iliq kutib olganman.

Unga "Qayrat"da nima etishmaganiga kelsak, balki sabr bo'lishi mumkin. Uni jamoaga Qurbon Berdiev taklif qildi va Jasur uning qo'l ostida o'ynadi. So'ngra Berdiev ketdi va jamoa yangi murabbiy bilan boshqacha o'ynaydigan bo'ldi. Balki shunchaki yangi talablarga moslasha olmagandir. Ammo, u juda texnikali va aqlli futbolchi. Uning tez orada O'zbekiston terma jamoasini sehrli chap oyog'i bilan olg'a boshlashiga ishonaman.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика