So’nggi yangiliklar

12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  0 12:16Фабио Каннаваро ҳикояси: Копток узатувчиликдан "Олтин тўп"га қадар йўл  0 12:00Championat.asia ва Transfermarkt Суперлиганинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   1 10:55Криштиану Роналду: "Мақсад жаҳон чемпионатига чиқиш ва унда ғалаба қозониш"  19 10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  4 10:04"Интер Майами" Албанинг ўрнига "Реал" собиқ футболчини олиб келмоқчи  4 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  4 09:00"Реал" ва "Барселона" Германия МТЖ ҳимоячиси учун курашмоқда  1 08:33ПСЖ "Барселона" футболчиси учун трансфер рекордни янгилашга тайёр  7 08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  6 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0 01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  25 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  3 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2

"Paxtakor" birinchi o'yinini o'tkazganiga 64 yil to'ldi Yangiliklar

"Paxtakor" birinchi o'yinini o'tkazganiga 64 yil to'ldi

Teglar :  "Paxtakor"Yubiley
Bu haqida "sherlar"ning matbuot xizmati xabar qilmoqda.

1956 yil 8 aprel kuni "Paxtakor" o'zining ilk rasmiy uchrashuvida maydonga tushgan.

1951 yil Toshkentda "Paxtakor" qishloq sport jamiyati tashkil etilgan, ammo futbol jamoasi sifatida faoliyatini "Paxtakor" 1956 yil yanvar oyidan boshlagan. Murabbiylikka "Dinamo" Moskvadagi ishi bilan tanish bo'lgan taniqli mutaxassis Valeriy Bextenev taklif etilgan. 1955 yil Odessada bo'lib o'tgan qishloq jamoalari o'rtasida Sobiq Ittifoq birinchiligida "Paxtakor" qatnashgan. CHempionatlardagi ilk rasmiy uchrashuvi esa 1956 yil 8 aprel sanasiga to'g'ri kelgan.

Dastlabki uchrashuvlarini O'zbekistonning bosh jamoasi Toshkentning eski shahar qismida joylashgan "Spartak" stadionida o'tkazgan. CHunki ayni paytda yurtimizning bosh arenasiga aylangan "Paxtakor" stadioni 1956 yilning avgust oyida ishga tushirilgan.

Birinchi rasmiy bellashuv ikkinchi liganing "B" klassi doirasida 1956 yilning 8 aprel kuni o'tkazilgan. Unda Perm viloyatining Molotov shahri jamoa bilan to'qnash kelgan "Paxtakor" 1:0 hisobida g'alaba qozongan. O'yin qaydnomasi bilan tanishing:

"Paxtakor" - Perm shahri jamoasi - 1:0 (1:0). "Spartak" stadioni.

"Paxtakor": Pyotr Volostnov, Akmal Azizxo'jaev, Anatoliy Kozenkov, Vitaliy Vitkalov, Idgay Tazetdinov, Qobil Muqimov, Yakov Kaprov, Laziz Maqsudov, Vladimir Kanunnikov, Aleksandr Murashov, Mixail Borkin.

Gol: Laziz Maqsudov, 44-pen.

Hozirga kelib "Paxtakor" 12 martadan O'zbekiston chempionati va Kubogi, yana bir bor Liga Kubogida zafar quchib, mamlakatimizning eng sovrindor jamoasiga aylangan. CHempionlar Ligasida yurtimiz sharafini eng ko'p bor himoya qilib, ikki marta yarim finalda o'ynagan jamoa ham "Paxtakor" hisoblanadi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика