So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  76 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

"Paxtakor" bilan ikkita o'yin, koronavirus, Xolmatov va Erkinov haqida", - Otabek SHukurov bilan suhbat Yangiliklar

"Paxtakor" bilan ikkita o'yin, koronavirus, Xolmatov va Erkinov haqida", - Otabek SHukurov bilan suhbat

OCHL 4-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "SHarja" (1:1) uchrashuvidan keyin mikst-zonada o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek SHukurov championat.asia sayti muxbiriga o'z fikrlarini bildirdi.

- "Paxtakor"ga qarshi o'yinlar haqida nima deya olasiz?
- Bosh murabbiyimiz "Paxtakor" o'yin uslubidan kelib chiqib taktika tanladi. Etibor bergan bo'lsangiz, jamoaviy hujumga qanot himoyachilari ham o'tadi. Ikkala o'yinda ham qarshi hujumda o'ynadik. Birinchi o'yinda bu yaxshi foyda berdi. Bugungi bahsda esa oldingi yirik hisobdagi g'alabadan keyin balki yigitlarda bo'shashish bo'lgandir. Bugun gol o'tkazganimizdan keyin yana himoyada o'ynash to'g'ri bo'lmaydi, shu bois oldinga o'tdik. Kuchimiz bor edi, lekin murabbiy himoyada o'ynab, qarshi hujumga o'tishimizni uqtirgandi. Sababi "Paxtakor" to'pni yo'qotsa qanot himoyachilari hujumda qolib ketadi, bundan tashqari to'pni yo'qotgan zahoti markaziy yarim himoyachilar kuchli pressing qiladi. Murabbiyimiz bitta aniq pas bilan qarshi hujumga o'tib ketish mumkinligini tushuntirdi. Hujumlarimiz oxirida o'z samarasini berdi.

- OCHLda har uch kunda o'yinlar bo'lmoqda, "SHarja" uchun mavsum oxiri, shundan kelib chiqib so'nggi ikki turda jismoniy holat qanday bo'ladi deb o'ylaysiz?
- "SHarja" uchun BAA chempionatidagi o'yinlar og'ir o'tmoqda. To'g'risini aytaman, ko'p yigitlardan koronavirus chiqmoqda. CHempionatimizning har o'yinida 3-4 nafar futbolchi koronavirus tufayli o'ynamadi. Bu erda o'yindan oldin test topshiramiz va virus aniqlansa 14 kun izolyaciyada o'tirish shart. O'zim ham 14 kun karantinda bo'ldim. Mendan tashqari Igor Koronado, Vellington va boshqa etakchi futbolchilar virus tufayli maydonga tusha olishmadi. Bu ham mavsum oxiri bo'lgani uchun tasir qilmoqda. Har uch kunda o'yinlar bo'lmoqda, Ramazonda Alloh kuch-quvvat bermoqda. Oxirgi ikki turda kimning jismoniy holati yaxshi bo'lsa o'sha jamoa g'olib bo'ladi. "Paxtakor" uchun esa mavsum endi boshlandi, bizda yaqinda mavsum tugaydi.

- Terma jamoa azosi sifatida "Paxtakor" tarkibida o'ynagan Erkinov va Xolmatovning harakatlariga qanday baho berasiz?
- Xolmatov va Erkinov bizga qarshi ikkita o'yinda yaxshi o'ynashdi, ko'p mehnat qilishdi, o'yinni o'ziga olishga intilishdi, xavfli vaziyatlar yaratishga urinishdi. Hali bu yigitlar yosh o'z ustilarida ishlashda davom etishsa terma jamoaga katta foyda keltirishadi deb o'ylayman. 


Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика