So’nggi yangiliklar

18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  0 17:27Каннаваро: "Тимур Кападзе билан ўйин фалсафаларимиз ўхшаш"  7 17:23Ҳожимат Эркинов: "ОКМКда катта футболга мослашганман"  0 17:06Фабио Каннаваро Турғунбоев ва Эшмуродовнинг йиғинга чақирилишига изоҳ берди, МТЖда икки нафар футболчи жароҳат олган  9 17:03"Унда ўзбек футболчилари ҳақида кўп маълумот бор" - Фабио Каннаваро Тимур Кападзенинг ёрдамчи бўлиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  8 16:40"Нефтчи" – "Андижон" ва "Бунёдкор" – "Насаф" учрашувларида пенальти ҳолатлари бўлганмиди? 24-турдаги ҳакамлик таҳлили  3 16:21"Реал" ТВ Родригонинг жарима майдонида йиқилиши ҳақида: "Трансляция контакт пайтида бошқа кадрга ўтиб кетди"  4 16:02Ҳожимат Эркинов: "Бундан футболчи чиқмайди, бўйи паст" деб айтганлар бўлган"  0 15:43"Наполи" Неймар билан шартнома имзоламоқчи бўлган экан  0 14:57Терма жамоага яна икки футболчи чақирилди  7 14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  12 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  7 13:26Жеррард Трентнинг "Реал"га кетиши ҳақида: "Мен бундай қилмаган бўлардим. Нималар қилаяпсан ўзи?"  13 12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1

Paxtakor bilan chempionlik, Dinamo bilan Oliy ligada qolish uchun kurashgan Adnan Oraxovac haqida Yangiliklar

Paxtakor bilan chempionlik, Dinamo bilan Oliy ligada qolish uchun kurashgan Adnan Oraxovac haqida

Paxtakorda ajoyib o'yinlar bilan muxlislar qalbidan Boyan Miladinovich 2015 yilda jamoani tark etdi.

Uning o'rniga klub rahbariyati chernogoriyalik Adnan Oraxovacni taklif qildi. Eslasangiz, 2011 – 2013 yillar oralig'ida Sanibal Oraxovac ismli futbolchi ham poytaxt jamoasi safida harakat qilgandi. Adnan klubdagi ilk mavsumidayoq mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. "SHerlar"ning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi. «Paxtakor»da 2,5 yil ichida Oliy Ligada 66 o'yinda 6 gol urdi. 2017 yilda klubda katta o'zgarishlar yuz bergani bois ko'plab futbolchilar qatori jamoa bilan xayrlashishga qaror qildi. Ikkinchi davrada Oraxovac «Dinamo» klubi menejeri Ilhom SHaripovning taklifiga binoan samarqandliklar safiga borib qo'shildi. Oliy Ligada jon saqlab qolish uchun jamoa tajribali himoyachiga ehtiyoj sezgandi. Ammo, yakunda baribir birinchi ligaga ravona bo'ldi. Natijada Oraxovac o'zi uchun boshqa jamoa topdi va Tailandning «Prachuap» jamoasiga o'tdi. SHu tariqa uning yurtimizdagi sarguzashtlari poyoniga etdi. O'tgan mavsumda Tailand jamoasida hamyurtimiz Artyom Filiposyan bilan birgalikda mamlakat kubogi sohibi bo'ldi.


Bir necha yil avval Adnan Oraxovac bilan tashkil etilgan intervyuni etiboringizga havola qilamiz.


“O'zim CHernogoriya poytaxti Podgorica shahrida tug'ilganman. Futbolga bolaligimdan qiziqish kuchli bo'lgan. Otam ham professional futbol bilan shug'ullangan. Qolversa, amakimning o'g'li Sanibal Oraxovac CHernogoriyada mashhur futbolchilardan biri sanaladi. O'z vaqtida Portugaliya, Serbiya chempionatlarida to'p tepgan. «Paxtakor»da esa jarohatlar sabab o'zini ko'rsata olmagan. Oilamizda futbolchilar ko'p. Birinchi o'zimni yarim himoya, tayanch yarim himoyasida sinab ko'rganman. Oxiri himoyada qoldim.

CHernogoriya va O'zbekistonning iqlimida o'xshashlik bor. Podgorica tog'lar orasidagi shahar. Ikkala yurtning odamlari mehribon va samimiy. Samarqand esa tarixiy shahar, buyuk obidalarga boy makon.

«Buduchnost»da Miodrag Radulovich qo'l ostida mamlakat chempioni va kubogini qo'lga kiritdik. Radulovich «Paxtakor»da qisqa muddat ishlagan. Menga bu jamoa haqida yaxshi fikrlarni bildirgandi.

2015 yila aynan Sanibalning iltimosi bilan Toshkentga keldim va «sherlar»ning ikki haftalik yig'inida ishtirok etdim. Murabbiyda ijobiy taassurot qoldirdim shekilli shartnoma imzoladik. Biz ahil kollektivga aylandik va shu yili chempionatda birinchi o'rinni egalladik.


Meni O'zbekistonda «Paxtakor»dagi o'yinlarim sabab tanildim. Uch yil davomida Toshkentda istiqomat qildim. Mana shu davr mobaynida jamoa azolari, rahbarlari va muxlislari bilan bir oila bo'la oldik. Orada yaxshi gaplar ham, yomon gaplar ham o'tdi. G'alabalar, mag'lubiyatlar, yorqin lahzalarni boshdan kechirdik. CHempionlar Ligasida o'ynash baxti nasib qildi. Mamlakat chempioni bo'ldim.

Jamoada yangi murabbiylar shtabi ish boshladi. Har bir murabbiy o'z uslubiga mos bo'lgan futbolchilar bilan ishlaydi. Ulardan ranjimaganman. Men bilan birga Yuritsa Bulyat ham ketdi. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan «Dinamo»dan chorlov qabul qildim. Mening imkoniyatlarimni Ilhom SHaripov juda yaxshi bilardi. Boz ustiga Samarqandda jonkuyar muxlislar bor edi. Jamoadagi futbolchilar bilan tez kelishib ketdik. O'zbekiston kubogi yarim finaliga etib bordik. Raqiblar bizdan osonlikcha ochko ololmasdi.

Tailand chempionatida ochig'i moliyaviy tomondan yaxshigina shartnoma taklif qilishdi. O'shanda O'zbekistondagi ayrim klublardan taklif olganman. Bu erda mo'maygina summada maosh ham to'lashadi. «Prachuap» doim oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. Mana o'tgan yili vazifani bajardik va kubokda g'olib chiqdik. Homiylar jamoa uchun pulni ayamaydi” ,- deydi Oraxovac.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика