So’nggi yangiliklar

07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  0 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  2 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  7 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  37 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  5 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  58 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  117 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1031 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11

"Paxtakor" "Al Vasl" bilan o'yinda mag'lubiyatga loyiq emasdi. Buni statistika ham tasdiqlaydi Yangiliklar

"Paxtakor" "Al Vasl" bilan o'yinda mag'lubiyatga loyiq emasdi. Buni statistika ham tasdiqlaydi

Kechagi o'yin bo'yicha tahliliy ish.

"Paxtakor" kecha o'zining OFK Elit CHempionlar ligasidagi ilk o'yinini o'tkazdi. Afsuski, O'zbekistonning amaldagi chempioni BAAning amaldagi chempioni bo'lmish "Al Vasl"ga minimal hisobda mag'lub bo'ldi.

Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev o'yin tahlilini tayyorladi. Unga asos qilib WyScout statistik platformasidagi malumotlar olindi.


"Paxtakor" to'pga egalik qilish bo'yicha yaxshiroq ko'rindi – 60% "Al Vasl"ning 40%iga qarshi. Maksim SHackix jamoasi haqiqatdan ham ustunlik qildi va "birinchi raqam" bo'lib o'ynadi. "Paxtakor" shuningdek ko'proq uzatmalar berdi – 493 ("Al Vasl"da 323). Aniqlik ham yuqoriroq edi – 82,3%ga qarshi 76,7%. Bundan tashqari, "Paxtakor" ko'proq pozicion hujumlar qildi – mos ravishda 27 va 24.

Qiziqarlisi, "Al Vasl" uch markaziy himoyachi bilan o'ynadi. Skrinshotda BAA klubi o'yinchilarining kechagi o'yindagi poziciyalarini ko'rishingiz mumkin.



Bu kutilmagan edi, sababi "Al Vasl" ko'proq 4-3-3 / 4-2-3-1 sxemasida o'ynaydi. Uch markaziy himoyachi sxemasiga o'tilishi mehmonlarning "Paxtakor"dan qo'rqqanini va avvaliga mudofaadan o'ynashni rejalashtirganini isbotlaydi.


"Al Vasl" so'nggi 10 o'yinda qo'llagan sxemalar (Transfermarkt malumoti)


Bunday reja to'liqligicha o'zini oqladi. "Al Vasl" "Paxtakor"ga qochib ketishga imkon bermadi, shu sabab "sherlar" ko'proq yuqoridan va qanotdan uzatmalarga bog'lanib qolishdi. "Paxtakor" 16ta "kross" (uzatma / yuqoridan uzatma) amalga oshirdi, ulardan atigi 5tasi aniq bo'ldi. Farqlash uchun, "Al Vasl"da 13ta kross (4tasi aniq).

CHeran uchun yuqoridan uzatilgan to'pni egallab olish yoki sherigiga uzatma berish qiyin edi – Draganga qarshi kamida ikki nafar baquvvat markaziy himoyachi o'ynadi. Bu "Paxtakor"ning hujumdagi qolgan o'yinchilariga ham tegishli. "SHerlar" hujumdagi 74ta yakka kurashdan atigi 14tasini (18,9 %) yutishdi. "Al Vasl"da esa raqamlar sal yuqoriroq – 101 / 42 (41,6%).

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix o'yindan keyingi matbuot anjumanida shunday dedi: Biz umuman boshqa darajadagi jamoaga qarshi o'ynadik. Raqib kuchli edi – ham mahorat bobida, ham jismoniy taraflama. So'nggi punkt yakka kurashlarning umumiy statistikasini aks ettiradi: "Al Vasl" 126 duelni yutdi, "Paxtakor" esa 97. Farq etarli darajada katta.

"Paxtakor"ga yaqqol to'pni egallab oladigan va raqib jarima maydonchasida himoyachilar bilan kurashga kirishadigan markaziy hujumchi etishmadi. CHeran haligacha jamoaga foyda keltirmoqda, ammo jismoniy holat oldingidek emas. Baribir 36 yosh kichik emas.


Quyida kechagi o'yin bo'yicha yana bir nechta qiziqarli raqamlar.


O'yin tempi (ko'rsatkich qancha yuqori bo'lsa, jamoa shuncha tezroq o'ynaydi):

"Paxtakor" – 15,2 / "Al Vasl" – 14,9.


Hujumdagi o'rtacha uzatmalar soni:

"Paxtakor" – 4,8 / "Al Vasl" – 3,2.


Uzun paslar foizi (ko'rsaktich qancha past bo'lsa, jamoa shuncha ko'proq kombinacion o'ynaydi):

"Paxtakor" – 9,7 / "Al Vasl" – 17,4.


PPDA ko'rsatkichi (hujumda raqibga imkon berilgan uzatmalar soni – raqam qanchalik past bo'lsa, jamoa shunchalik tez to'pni o'ziga qaytarib oladi):

"Paxtakor" – 7,6 / "Al Vasl" – 12,1.


Ushbu malumotlardan kelib chiqib, shubhasiz shunday xulosaga kelishimiz mumkin: "Paxtakor" kamida yaxshi o'yin ko'rsatdi. U kechagi o'yin bo'yicha mag'lubiyatga loyiq emasdi va faqatgina standartdan to'p o'tkazib yubordi, sababi "Al Vasl" o'yindan deyarli hech narsa yaratmadi (o'yin boshidagi ikki vaziyatdan tashqari).

"Paxtakor" raqibdan kuchsiz bo'lgan yagona jihat – to'p uchun kurash. "Al Vasl" o'yinchilari haqiqatdan ham jismoniy kuch borasida "Paxtakor" futbolchilarini ortda qoldirishdi va shu sabab ko'proq yakka kurashlarni yutishdi. "Paxtakor" qolgan jihatlarda raqibga mag'lub bo'lmadi, hatto ko'proq jihatlar bo'yicha yaxshiroq ham edi.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика