So’nggi yangiliklar

11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  2 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  6 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  4 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  7 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  15 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  11 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  2 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  10 08:00"Навбаҳор" "Пахтакор"га ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мозговой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  12 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  7 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  8 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  2 01:23Сергей Лушчан: "5-8та гол ўтказиб юбормаганимиз яхши бўлди. Таркибимиз ўзгармаяпти"  10

"Paxtakor" - "Al Hilol" 1:0. Bu oddiy yoki tasodifiy g'alaba emasdi Yangiliklar

"Paxtakor" - "Al Hilol" 1:0. Bu oddiy yoki tasodifiy g'alaba emasdi

Elit Osiyo chempionlar Ligasining pley-off o'yinida "Paxtakor" "Al Hilol" ustidan g'alabaga erishdi.

Muxlislar anchadan beri o'zbek klublari ishtirokida bunday ishonchli o'yin va g'alabani ko'rmagandi. Bo'lib ham "Al Hilol" kuchsiz jamoa emasligini hamma biladi. Bejizga bu klubni Osiyoning "Real"i deyishmaydi. Chuni sovrinlar yutish bo'yicha "Al Hilol" Osiyoda eng nomdor klub.

Osiyo chempionlar Ligasi oldiga Elit qo'shilgach, shunga yarasha musobaqa saviyasi ham ortib bormoqda. Musobaqa kuchli ko'rinish olayotgani sezilyapti. Har holda Elitda kamroq jamoalar qatnashyapti. OCHL G'arb mintaqasida ilgari 16ta klub ishtirok etardi. Elitda esa jamolar soni 4taga qisqardi.




Elit chempionlar Ligasi go'yoki arab klublari uchun ishlab chiqilgan mexanizmdek ko'rindi. Bizga bu erda "non" yo'q deb o'yladik. Osiyo chempionlar Ligasida hartugul nimadir qilib turardik, ammo Elit butkul boshqa olam, guruh bosqichida qatnashishning o'zi katta voqea bo'ladi degan xayolga keldik. Hozir ham bundan to'liq voz kechganimiz yo'q. Elit chempionlar Ligasi haliyam murakkab turnir. Shunday murakkab turnirda "Paxtakor"ning hamon ildamlayotgani quvonarli voqea.

Agar "Paxtakor" oxirgi tur "Al Sadd"ni mag'lub etmaganida biz hozir bu gaplarni umuman gapirmayotgan bo'lardik. "Paxtakor" ham keyingi bosqichga chiqmagan va odatdagiek yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan, aniqrog'i 1-turdagi "Mashal" bilan o'yinni kutayotgan bo'lardi. Lekin jamoaning "kutilmaganda" "Al Saddni" mag'lub etib kuchli sakkizlikka kirib olishi rejalarni o'zgartirib yubordi. Natijada taqvim ham o'zgarib, PFL ilk turdayoq bitta o'yinni boshqa muddatga surishga majbur bo'ldi.

Lekin "Paxtakor" - "Mashal" o'yini boshqa kunga ko'chirilishi ko'pchilik muxlislarda norozilik keltirib chiqardi. Aslida bu o'yin taqvim bo'yicha 7 martga belgilangandi. "Al Hilol"ga qarshi ilk uchrashuv 4 mart kuni o'tkazildi, javob bahsi 11 martga qo'yilganini hisobga olsak, "Paxtakor" 7 mart kuni o'yin o'tkaza olarmidi. Bizningcha, ha.




Biz ham sekin-asta o'yinlar sonini ko'paytirib jamoalarni shunga o'rgatib borishimiz kerak. Evropada jamoalar allqachon 4-5 kunda maydonga tushishga o'rganib qoldi. Masalan, "Real"ni olaylik. 1 fevraldan beri to bugungacha naqd 10ta o'yin o'tkazibdi. Qoyil qolish kerak. Yilning eng qisqa oyida 10ta o'yin balki ko'pdir, nafaqat "Real", hamma klublar taqvimdan noliyapti, lekin nachora. O'yin belgilandimi, bo'ladi.

Aytaylik, "Paxtakor" ham "Mashal" bilan o'yinni o'tkazib so'ngra Saudiya tomon yo'l olishi mumkin edi. Arablar Toshkentga bir kun oldin kelishdi va bitta mashg'ulot o'tkazishdi. Bundan tashqari "Al Hilol" 1 mart kuni o'z maydonida "Al Ahli"ga qarshi o'ynab shundan so'ng safarga otlandi. Ularning o'yini qoldirilmadi.

Qizig'i shundaki, "Al Hilol" 15 kunda 4ta uchrashuv o'tkazdi. 18 fevral kuni Elit OCHLda maydonga tushgan jamoa undan keyin yana uchta bellashuvda ishtirok ishtirok etdi va mana shu o'yinlarning ikkitasida mag'lub bo'ldi. Jamoa chempionatdagi kuchli raqiblari - "Al Ittihod" bilan "Al Ahli"ga imkoniyatni boy berdi. Bu ikki mag'lubiyat "Al Hilol"da muammo etarli ekanini ko'rsatib berdi, chunki bu jamoa ikkita o'yinda 7ta gol o'tkazadigan jamoa emasdi.




Shu bois "Paxtakor"ning kechagi g'alabasini tasodif yoki kutilmaganda o'xshab qoldi deb bo'lmaydi. Bu haqli g'alaba. "Paxtakor" katta ishtiyoq bilan o'ynadi, g'alaba uchun borini berdi, futbolni nihoyatda sog'inib qolgani ko'rindi. "Al Hilol"da esa horg'inlik alomatlari ko'zga tashlandi. Ularning bosh murabbiyi hadeb maydonni yomonlashi - bu ko'proq bahonaga o'xshab qoldi. Aslida murabbiyning o'zi jamoani o'yinga tayyorlashda qiyinchilikka duch kelyapti va ishlar shu zayl ketaversa tez orada istefoga chiqarilishi mumkin.

Ishonamizki, "Paxtakor" uyda ko'rsatgan o'yinini safarda ham namoyish eta oladi. Agar Jorje Jezus ishlab tursa, "Al Hilol"ning o'nglanishi birmuncha og'ir bo'ladi. Jamoa istalgancha hujum qilishi mumkin, lekin himoya ham joyida emas. "Paxtakor" bu jamoaga Ar Ryodda ham gol urishni eplay oladi. Faqat kechagi azart yo'qolmasa bo'lgani.

Eng muhimi, qo'rqmaslik kerak. Ha, u erda boshqa muhit hukm suradi, muxlislar bilan liq to'la stadionda "Paxtakor"ga nisbatan bosim juda yuqori bo'ladi. Lekin muhimi, bosimga tushib qolmaslik va oyoq-qo'l qaltiramaslik. "Paxtakor" shunday o'ynab bemalol keyngi bosqichga chiqishi mumkin. Chunki hozirgi "Al Hilol" engib bo'lmaydigan raqib emas. Ular yanvargacha zo'r edi, ammo yangi yildan keyin pasayish yuzaga keldi. Ular kuzda chempionat peshqadami edi, ammo qishda peshqadamlikni boy berdi. Hozir "Al Ittihod" 6 ochkoga ilgarilab ketgan. Orqada esa "Al Nassr" quvib kelyapti. "Paxtakor" "Al Hilol"ni hozir yutmasa, yana qachon yutadi?

X.Xoliqov.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика